Politico: Oq uy Kiyevdan qarshi hujumga o‘tishni talab qilmoqda
AQSh prezidenti ma’muriyatining fikricha, Ukraina G‘arb ittifoqchilari tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi bilan bog‘liq muammolar yuzaga kelmaguncha, o‘z muvaffaqiyatlarini mustahkamlashi kerak.
AQSh prezidenti Jo Bayden ma’muriyati Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy ma’muriyati bilan muloqotda frontdagi yutuqlarni mustahkamlash va qarshi hujumni o‘tkazish zarurligini ta’kidlamoqda, deb yozadi Politico 19 fevral kuni.
Oq uy Zelenskiy jamoasini hujumga tayyorgarlik ko‘rishga chaqirmoqda, shu bilan birga AQSh va Yevropadan qurol-yarog‘ va boshqa yordam yetkazib berishda hech qanday qiyinchilik yo‘q. Ular Rossiyaga qarshi urushda yevropalik ittifoqchilarning Kiyevni qo‘llab-quvvatlashi kelajakda cheklanib qolishi mumkinligidan xavotirda.
Shuningdek, nashrning qayd etishicha, AQShda Ukrainaga yordam hozirda har ikki partiya – ham demokratlar, ham respublikachilar tomonidan qo‘llab-quvvatlanmoqda, biroq Vakillar palatasida respublikachilarning ko‘pchiligi tufayli vaziyat murakkablashishi mumkin. Respublikachilar orasida Ukrainani moliyalashtirish zarurligiga shubha qiladigan kongressmenlarning kichik, ammo o‘sib borayotgan fraksiyasi bor.
«Ukrainani qo‘llab-quvvatlash uchun hech qachon kart-blansh bo‘lmagan», dedi AQSh Milliy xavfsizlik kengashi vakili Jon Kirbi. U avvalroq Vashington Kiyevni Rossiyaga qarshilik ko‘rsatish uchun «qancha kerak bo‘lsa, shuncha vaqt» qo‘llab-quvvatlashini ta’kidlagan edi, deydi Politico.
Biroq Ukrainaga yordam berishni qo‘llab-quvvatlovchi qonun chiqaruvchilar AQSh Kongressining har ikki palatasi ham bu yo‘nalishdagi sa’y-harakatlarini davom ettirishiga ishonch bildirishmoqda. Bayden ma’muriyati rasmiylari Oq uy Ukrainaga Rossiya bilan muzokara olib borishga bosim o‘tkazmasligini ta’kidlamoqda.
Mavzuga oid
21:13
Sudjaliklar yana bir bor o‘z yaqinlari evakuatsiyasi uchun gumanitar yo‘lak so‘radi
20:43
NATO bosh kotibi Ukrainadagi mojaro «trayektoriyasini» o‘zgartirishga chaqirdi
16:55
Tramp millionlab migrantlarni deportatsiya qilishni rejalashtirmoqda - OAV
14:56