Iqtisodiyot | 08:21 / 21.02.2023
19383
1 daqiqa o‘qiladi

Soliq to‘lovchilarga 1 trln so‘mdan ortiq QQS qaytarildi

2023 yilning yanvar oyida jami 1 043 ta ariza bo‘yicha 975 ta tashkilotga 1 161,9 mlrd so‘m QQS qaytarilgan.

Soliq qo‘mitasi xabariga ko‘ra, quyidagi hududlarda QQS eng ko‘p qaytarilgan:

  • Toshkent sh. - 222,5 mlrd so‘m (222 ta korxona);
  • Toshkent v. - 84,1 mlrd so‘m (82 ta korxona);
  • Andijon - 65,3 mlrd so‘m (108 ta korxona);
  • Namangan - 40,4 mlrd so‘m (95 ta korxona).

Eng ko‘p qaytarilgan QQS sohalar kesimida:

  • ishlab chiqarish - 667,7 mlrd so‘m (292 ta korxona);
  • savdo – 160,2 mlrd so‘m (235 ta korxona);
  • qishloq xo‘jaligi - 141,5 mlrd so‘m (183 ta korxona);
  • qurilish - 76 mlrd so‘m (61 ta korxona);
  • xizmat ko‘rsatish - 68,2 mlrd so‘m (70 ta korxona).

Qoplab berilgan QQS summasi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 147,3 mlrd so‘mga ko‘p.

Mavzuga oid