Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryodagi tug‘uruqxonada ona va bola vafot etdi
Ayolning turmush o‘rtog‘i farzandi va xotinining o‘limida shifokorlarni ayblamoqda.
Qashqadaryo viloyati Koson tumanidagi tug‘uruqxonada ona va chaqaloq vafot etgan. Bu haqda ijtimoiy tarmoqlarda marhumaning eri tomonidan chiqarilgan videoda aytilgan.
Beshqo‘ton mahallasida yashovchi erkakning aytishicha, u xotinini tug‘uruq jarayoni yaqinlashgani sababli shifoxonaga olib borgan. O‘sha kuni kechga borib vrachlar unga chaqaloq va onaning vafot etgani haqida aytishgan.
Ayol 1991 yilda tug‘ilgan bo‘lib, uchta farzandi bo‘lgan. Ayol to‘rtinchi farzandini tug‘ish uchun tug‘uruqxonaga borgan. Hozirda erkak xotini va bolasining o‘limida shifokorlarni ayblamoqda.
Qashqadaryo viloyat prokuraturasi matbuot kotibi hodisa yuzasidan ma’lumot berdi. Unda aytilishicha, ayolning ahvoli og‘irlashib, vafot etgani holati yuzasidan hozirda tuman prokuraturasi tomonidan qo‘shimcha tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Holat yuzasidan tegishli ekspertiza tayinlangan. Tekshiruvning borishi alohida nazoratga olingan.
Avvalroq, 2022 yil avgust oyida Shahrisabzdagi tug‘uruqxonada bir haftada uchta chaqaloq vafot etgandi.
Mavzuga oid
21:02 / 04.06.2026
Tug‘uruqxonadan janozagacha: Ishtixondagi fojiali to‘rt kun
19:37 / 04.06.2026
Qashqadaryolik eshak go‘shti savdogari: u uch oyda ikki bor sudlandi
08:29 / 26.05.2026
Qashqadaryoda IIB xodimi pora bilan ushlandi
19:41 / 20.05.2026