Davlat xavfsizlik xizmati va Boş prokuratura huzuridagi Departament xodimlari hamkorligida ötkazilgan tezkor tadbirda Qaşqadaryo viloyati IIB Tezkor qidiruv xizmati tezkor vakili qölga olindi.
Aniqlanişiça, Dehqonobod tumanida yaşovçi ayol va uning voyaga yetmagan qizining telefonlarida diniy mazmundagi taqiqlangan materiallar aniqlangani yuzasidan viloyat IIB tomonidan tekşiruv harakatlari olib borilgan.
Mazkur masalani ularning foydasiga hal qilib berişni va’da qilgan 1978 yilda tuğilgan şaxs avvaldan 3 million söm olgan vaqtida uşlangan. Şundan söng tezkor tadbir davom ettirilib, uşbu puldan 2,5 million sömni olgan IIB xodimi ham aşyoviy dalillar bilan qölga tuşgan.
Hozirda IIB xodimiga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasi — pora oliş, vositaçiga nisbatan esa 212-modda — pora oliş-berişda vositaçilik qiliş bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

















