Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bryussel ukrainalik bolalarning deportatsiyasiga oid dalillar yig‘ishni boshladi
Yevrokomissiya Polsha va BMT bilan birgalikda ukrainalik bolalarning deportatsiyasiga oid dalillarni birgalikda yig‘ish tashabbusini ilgari surmoqda, deb xabar berdi DW nashrining Bryusseldagi muxbiri.
Bosqin boshidan beri minglab ukrainalik bolalar Rossiya harbiylari tomonidan asrab olish uchun Rossiyaga olib ketildi, dedi Yevropa komissiyasi rasmiy vakili Dana Spinant brifingda.
«Ukrainalik bolalarning o‘g‘irlanishi - katta ijtimoiy muammo, fojia va jinoyat», deya ta’kidlab o‘tdi u.
Qo‘shma tashabbusdan ko‘zlangan maqsad - majburan olib chiqib ketilgan bolalarni topish va aybdorlarni javobgarlikka tortish. Yaqin kunlarda Yevropa Komissiyasi tashabbus haqida batafsilroq ma’lumot berishi aytiladi.
Ukraina tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kuleba ukrainaliklarning qo‘shni davlatga ommaviy olib chiqib ketilishiga ishora qilib, Rossiyani genotsidda aybladi.
Kulebaning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya tomoni minglab bolalarni rus oilalariga asrab olish va ularni rus qilib qayta tarbiyalash uchun Ukrainadan majburan olib chiqqan. 22 fevral kuni Nyu-Yorkda BMT Bosh Assambleyasining favqulodda sessiyasi ochilishida Ukraina tashqi ishlar vazirligi rahbari: «Bu genotsid», deb ma’lum qildi.
Moskva bu kabi ayblovlarni rad etib, ukrainaliklarning Rossiyaga ko‘chib o‘tishini urush zonasidan evakuatsiya qilinishi bilan izohlaydi. Bundan tashqari, Rossiya tomoni bolalarning deportatsiya qilinishini ham rad etyapti, shu bilan birga davolanish yoki dam olish uchun sayohatlar haqida gapiryapti.
Mavzuga oid
20:40 / 27.06.2026
Yaponiyada noqonuniy yashab kelgan O‘zbekiston fuqarosi deportatsiya qilindi
10:25 / 12.06.2026
AQShdan deportatsiya qilingan 24 nafar o‘zbekistonlik Toshkentga qaytarildi
18:06 / 08.06.2026
Rossiyada migrantlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish muddati qisqartiriladi
17:43 / 04.06.2026