G‘arb BAAni Rossiyaga tovarlar reeksportini to‘xtatishga chaqirdi
Sanksiyalar uchun mas’ul amaldorlar BAAdan Rossiyaga elektronika reeksporti Ukrainadagi urushga hissa qo‘shishi mumkinligidan xavotirda, deb yozadi Britaniyaning Financial Times gazetasi.
Buyuk Britaniyaning Financial Times gazetasi 2 mart, payshanba kuni xabar berishicha, AQSh, Yevropa Ittifoqi va Buyuk Britaniya vakillari Birlashgan Arab Amirliklari bilan Rossiyaga tovarlar reeksportini to‘xtatish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda. Xususan, G‘arb rasmiylari Rossiyaning Ukrainadagi harbiy amaliyotlarini qo‘llab-quvvatlash uchun ishlatilishi mumkin bo‘lgan elektron komponentlar yetkazib berilishidan xavotirda.
G‘arb BAAni Rossiya uchun savdo cheklovlariga rioya qilishga chaqirmoqda. O‘z navbatida, mamlakat vakili Abu-Dabida «sanksiyalar ostida qolgan tashkilotlar bilan ishlash bo‘yicha aniq va ishonchli jarayonlar» borligini aytdi.
Rossiya Federal bojxona xizmatining statistik ma’lumotlariga ko‘ra, 2022 yilda BAAdan Rossiyaga elektron komponentlar eksporti o‘tgan yilga nisbatan yetti baravardan ko‘proq o‘sdi va deyarli 283 million dollarni tashkil etdi, deya tahlil qildi «Svobodnaya Rossiya» fondi. Bundan tashqari, so‘nggi bir yil ichida Amirliklar Rossiyaga 2021 yilga nisbatan 15 barobar ko‘p mikrochip jo‘natdi: bu mahsulotlar savdosi hajmi o‘tgan yili 2021 yildagi 1,6 million dollardan 24,3 million dollargacha oshdi.
Yevropa Ittifoqining Eurostat statistika xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, Ukrainadagi urushning dastlabki to‘qqiz oyida Yevropa Ittifoqidan Rossiyaga tovarlar yetkazib berish hajmi 47 foizga kamaydi. Xuddi shu davrda MDH mamlakatlariga (Belarus, Armaniston, Qozog‘iston, Gruziya, O‘zbekiston va Qirg‘iziston) Yevropa mahsulotlarini yetkazib berish 48 foizga oshdi. Rossiyaning qo‘shni davlatlariga eksport Malta va Shvetsiyadan tashqari barcha Yevropa Ittifoqi mamlakatlari tomonidan ko‘paytirildi. MDH davlatlari Rossiyaga tovarlarni reeksport qilish uchun tranzit punktlari vazifasini bajaradi.
Mavzuga oid
23:24 / 13.11.2024
Rossiya hukumati yaralangan harbiylar uchun to‘lov tizimini o‘zgartirdi
20:43 / 13.11.2024
«Mosfilm» kinostudiyasi o‘z omboridagi tanklarni Rossiya armiyasiga topshirdi
19:33 / 13.11.2024
Rossiyada migrant bolalarning rus tilini bilish darajasi tekshirilishi mumkin
17:53 / 13.11.2024