Ğarbda işlab çiqarilgan qiruvçi samolyotlar bilan yaxşi ta’minlangan BAA özini himoya qiliş uçun uşbu qurollardan foydalanişga köproq moyillik körsatmoqda.
Birlaşgan Arab Amirliklari AQŞ va Isroil boşlagan uruş davomida Eronga harbiy zarbalar bermoqda. Bu haqda Wall Street Journal naşri masaladan xabardor şaxslarning sözlariga tayanib ma’lumot berdi. Bu holat Eronning eng katta nişoniga aylangan Amirliklar – uruşning faol iştirokçisi sifatida namoyon bölayotganini anglatadi.
BAA harbiylari Ğarbda işlab çiqarilgan qiruvçi samolyotlar va kuzatuv tarmoqlari bilan yaxşi ta’minlangan. Uşbu hujumlar mamlakat endilikda öz iqtisodiy qudrati va Yaqin Şarqdagi ta’sirini himoya qiliş uçun uşbu qurollardan foydalanişga köproq moyilligini körsatmoqda.
Lavan oroliga hujum
BAA oçiqçasiga tan olmagan uşbu zarbalar orasida Fors körfazidagi Lavan orolida joylaşgan neftni qayta işlaş zavodiga qilingan hujum ham bor.
Uşbu hujum aprel oyi boşida — prezident Tramp uruşda öt oçişni töxtatiş haqida e’lon qilayotgan vaqtga töğri kelgan.
Strikes hit an Iranian oil refinery on Lavan Island today.
Iran is now retaliating with strikes on targets in Kuwait, Bahrain, and the UAE. pic.twitter.com/xOptoGRjbB
Hujum natijasida kuçli yonğin kelib çiqib, Eron zavodi quvvatining katta qismi bir neça oyga işdan çiqqandi.
Eron öşa paytda neftni qayta işlaş zavodi «duşman hujumi»ga uçraganini aytgan. Bunga javoban BAA hamda Kuvaytga qarşi raketa va dronlar bilan qator hujumlar uyuştirgandi.
Lavan orolidagi hujum oqibatlari / Foto: Ijtimoiy tarmoqlar
AQŞ uşbu hujumdan norozi bölmadi, çunki sulh tartibi hali töliq örnatilmagan edi, deydi manba. Şuningdek, Tramp ma’muriyati BAA yoki jangovar harakatlarga qöşilişni istagan har qanday arab davlatining iştirokini «şovqinsiz mamnuniyat bilan qarşi oladi».
Mavzuga oid
Eronning BAA va arab davlatlariga hujumi
Fors körfazi davlatlari uruşdan oldin öz havo hududi yoki bazalaridan AQŞ hujumlar uçun foydalanişiga yöl qöymasligini aytgandi. Eron esa AQŞ va Isroilning hujumi AQŞ bazalariga joy bergan davlatlarni nişonga aylantirişi haqida ogohlantirgan.
Uruş boşlangaç, Eron iqtisodiy va siyosiy zararni oşiriş hamda AQŞning hujumni davom ettirişini qiyinlaştiriş maqsadida Körfazdagi bazalar, energetika infratuzilmasi va aeroportlarga raketa va dronlar bilan hujum qila boşladi.
Hisob-kitoblarga köra, Eron özining asosiy zarbasini BAAga qaratib, unga 2800 dan ortiq raketa va dronlar uçirdi. WSJ’ning yozişiça, bu – Isroilga qilingan hujumlardan ham ança köpdir.
Dubay aeroporti mart oyidagi hujumdan söng / Foto: AP
Hujumlar BAAning havo qatnovi, turizm va köçmas mulk bozoriga qattiq zarba berdi va xodimlarning ommaviy ta’tilga çiqarilişi hamda işdan böşatilişiga olib keldi.
Şuningdek, bu hujumlar BAAning strategik qaraşlarida tub buriliş yasadi: endilikda ular – Eronni Amirliklar iqtisodiy va ijtimoiy modelini yöq qilişga qaratilgan «yovuz iştirokçi» deb bilmoqda. Şundan beri BAA Fors körfazida Eron bilan eng oçiq qarama-qarşilikka kirişgan davlat sifatida namoyon böldi. U uruş davomida AQŞ bilan kuçli harbiy hamkorlikni saqlab qoldi.
BAAning iştiroki – vaqt masalasi edi
Tahlilçilarga köra, arab davlatlari, jumladan, BAA ham avvaldan bu uruşni xohlamagan. Ammo uruşning dastlabki kunlaridanoq «Fors körfazi davlatlarining harbiy harakatlarda faolroq iştirok etişi faqat vaqt masalasi» bölgan.
BAAning uruşdagi iştiroki haqidagi taxminlar mart oyi örtalaridan – Eron osmonida Isroil yoki AQŞga tegişli bölmagan qiruvçi samolyot videoga olinganidan keyin kuçaygan.
Foto: Ijtimoiy tarmoqlar
Oçiq razvedka tahlilçilari Erondagi uruş davomida BAA tomonidan foydalaniladigan Fransiyaning Mirage qiruvçi samolyotlari, şuningdek, Xitoyning Wing Loong dronlari fotosuratlariga işora qilmoqda.
Harbiy jihatdan BAA AQŞdan ança kiçik, ammo u F-16 kabi zamonaviy qiruvçi samolyotlar parkiga ega. Şuningdek, amirliklarda yonilği quyuvçi samolyotlar, qömondonlik va nazorat samolyotlari hamda kuzatuv dronlari bilan ta’minlangan yuqori darajada öqitilgan harbiy havo kuçlariga ega.
Şerozda qulagan Wing Loong droni qoldiqlari / Foto: Tasnim
AQŞ Harbiy-havo kuçlarining iste’fodagi rasmiysiga köra, bu imkoniyatlar BAAga mintaqa uçun ğayritabiiy darajada mukammal havo qudratini beradi.
«Agar sizda şunday salohiyatli havo kuçlari bölsa, nega şunçaki çetda turib, Eronning hujumlarini javob qaytarmasdan qabul qilişingiz kerak?» deydi general-leytenant Deyv Deptula.
Bundan taşqari, AQŞ va Isroil Tehronning havo hujumidan mudofaa imkoniyatlarini deyarli yöq qilgan. Bu esa Eron osmonida BAA samolyotlari jangovar topşiriqlarni bajarişi uçun xavfni keskin kamaytiradi.
«Agar siz ittifoqçi bölsangiz va bu jarayonda iştirok etişni istasangiz, buning uçun ayni qulay vaqt, çunki xavf juda past. Örta va yuqori balandliklarda samolyotlar özlari xohlagan işni qila oladi va eronliklar bunga qarşi deyarli heç narsa qila olmaydi», degan Pentagonning yana bir sobiq rasmiysi.
Eronga qarşi boşqa çoralar
Zarbalardan taşqari, BAA BMTda – Eronning Hörmuz böğozidagi nazoratini töxtatiş uçun, kerak bölsa kuç işlatişga ruxsat beruvçi rezolyutsiya loyihalarini ham qöllab-quvvatladi.
Şuningdek, BAA Eronning moliyaviy manfaatlariga qarşi harakat qilib, Dubayda Tehron bilan boğliq bölgan maktablar va klublarni yopdi. Eron fuqarolariga viza beriş va tranzit huquqlarini rad etdi.
Bu çoralar – oğir sanksiyalar şaroitida Amirliklar uzoq vaqt davomida Eron uçun ta’minlab kelgan iqtisodiy «hayot yöli»ni çeklab qöydi. Eron bunga javoban BAAni AQŞ va Isroil kampaniyasiga qöşilganlikda qayta-qayta aybladi.
BAA hujumlar böyiça izoh bermadi
BAA Taşqi işlar vazirligi zarbalar yuzasidan izoh berişdan boş tortdi, biroq avvalgi bayonotlariga işora qildi. Unda Amirliklar duşmanona harakatlarga javob berişi, jumladan, harbiy yöl bilan javob qaytariş huquqini tasdiqlagandi.
BAA armiyasining F-16 Block 60 qiruvçisi / Foto: Military Defence
Pentagon izoh berişni rad etdi. Oq uy ham uruş paytida BAAning iştiroki haqidagi savollarga javob bermadi. Ammo rasmiylar prezident Tramp ixtiyorida barça variantlar mavjudligini va AQŞ Eron rejimiga nisbatan maksimal ta’sir vositalariga ega ekanini aytdi.
Fors körfazining barça davlatlari ortib borayotgan xatarlar va özlarining homiysi bölgan Amerikaning işonçliligi masalasida boş qotirmoqda. BAA prezidentining diplomatik maslahatçisi Anvar Gargaşga köra, bu vaqtda esa Amirliklar AQŞ bilan munosabatlarni yanada mustahkamlamoqda.
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi