«Xavfsiz hayot uchun» xayriya marafoni o‘tkazildi
5 mart kuni Toshkent shahrida joylashgan «Humo Arena» ko‘p funksiyali muz saroyi Enter Engineering kompaniyasi homiyligi ostida «Xavfsiz hayot uchun» piyoda yurish va velopoyga bo‘yicha xayriya marafoni o‘tkaziladigan manzilga aylandi.
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti bilan hamkorlikda tashkil etilgan tadbir bexatar tashqi muhitni, shu jumladan yo‘llarda xavfsizlikni shakllantirishga bag‘ishlandi. Mamlakatning barcha hududlarini qamrab olgan aksiya doirasida maktab o‘quvchilari, shuningdek, shahar bo‘ylab harakat qilish uchun velosipedlardan muntazam foydalanadigan fuqarolar ishtirok etdilar.
Marafonning ochilish marosimida Enter Engineering bosh direktori o‘rinbosari — ma’muriy direktor Timur Abdullayev so‘zga chiqib, ushbu tadbir, shubhasiz, yo‘l harakati xavfsizligini mustahkamlash, jinoyatchilikka qarshi kurashish, huquqbuzarliklarning oldini olish va ularning kelib chiqish sabablarini aniqlashga xizmat qilishini ta’kidladi.
Shu bilan birga, u kompaniya tomonidan kechki payt maktabdan qaytayotgan o‘quvchilar va velosipedchilar uchun o‘zidan yorug‘lik taratuvchi nimcha (jilet)lar tayyorlangani haqida so‘zladi.
Ushbu tadbir dasturida aksiya ishtirokchilari va mehmonlari uchun ajoyib konsert dasturi tashkil etildi, uning doirasida marafonning faol ishtirokchilariga qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.
Enter Engineering matbuot xizmati Ⓣ
Mavzuga oid
14:13 / 11.11.2024
Enter Engineering xodimlari bir necha oydan buyon maoshsiz ishlayotganini aytmoqda
21:53 / 26.09.2024
Eng ko‘p soliq va bojxona imtiyozini olgan korxonalar ma’lum qilindi
21:19 / 09.09.2024
Enter Engineering xodimlari apreldan buyon maoshsiz ishlayotganini aytmoqda
21:50 / 06.09.2024