Yaratilgan yangi ekotizim va soddalashtirilgan shartnomalar - hammasi TBC Bank haqida
2 mart kuni TBC Group hamda ommaviy axborot vositalari davrasida press-branch bo‘lib o‘tdi. Unda bankning 2022 yilda erishgan yutuqlari: TBC Bank’da yaratilgan yangi ekotizim, Payme bilan hamkorlikning yangi qirralari, sifatli xizmatlar, yanada soddalashtirilgan bank xizmatlari shartnomalari, CSR loyihalar va boshqalar haqida ma’lumot berildi.
Ijobiy moliyaviy natijaga erishish TBC Bankʼning 2022 yildagi muhim yutug‘i bo‘ldi. Bankning biznes-rejasiga muvofiq, ushbu natijaga bozordagi faoliyatning uchinchi yilida erishilishi kerak edi. Biroq faol chora-tadbirlar va muvaffaqiyatli tijoriy faoliyat marrani ancha oldin zabt etishga yordam berdi. Shu sababli 2022 yilni kompaniya uchun omadli keldi, deyish mumkin. 2023 yilning dastlabki oylarida ham TBC Bank ijobiy moliyaviy dinamika qayd etdi.
Kompaniya kuzatuv kengashi raisi Nika Kurdiani bu borada raqamli xizmat ko‘rsatilishi mijozlar tomonidan yaxshi qabul qilinganini aytdi:
“Payme bilan hamkorligimiz natijasida bu TBC Group ekotizimining ajralmas qismiga aylandi. TBC Bank va Payme birgalikda mijozlarga yaratilgan qulayliklar ularning sadoqati va muhabbatini oshirdi. Kompaniyalar birlashmasligi mumkin, lekin ulardan foydalanuvchi bitta bo‘ladi. Hozirgi kunda bizdan ro‘yxatdan o‘tgan foydalanuvchilar soni 10 milliondan oshadi”, — deydi u.
Uchrashuvda TBC Bank yaratgan yana bir yangilik – soddalashtirilgan bank shartnomalari bo‘ldi. Bank mijoziga aylanish jarayonida shartnomani o‘qib chiqish uchun naq 6 soat vaqt sarflash kerak edi. Chunki bu shartnoma 43 sahifadan iborat. Mutaxassislar uni qaytadan ishlashdi va bu endi bor-yo‘g‘i 10 daqiqa vaqtni oladi. Shartnoma hamma tushunadigan, murakkab terminlarsiz, qisqa va lo‘nda shaklga keltirildi.
Bank boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari Sitora To‘laganova hujjatlarni qisqartirish va tushunarli bo‘lishi boshqa tashkilotlar uchun ham o‘rnak bo‘lishini ta’kidladi:
“Shartnomaning soddalashtirilishi nafaqat bank mijozlari ishini osonlashtiradi, balki tashkilot ishini yanada shaffof qiladi. Umumiy shartlardan foydalanish savodxonligini oshiradi, mijozlarning bankka ishonchini oshirib, kelgusida yana bizning xizmatlarimizdan foydalanish uchun asos yaratadi. Bu loyihamiz huquqshunoslik tizimida yutuq bo‘lib, ko‘plab tashkilotlar uchun namuna bo‘la oladi”, – deya ta’kidladi To‘laganova.
TBC PLC
TBC Bank Group PLC ("TBC PLC") London fond birjasida ro‘yxatga olingan mas’uliyati cheklangan kompaniya bo‘lib, Gruziyada moliya sektori va shunga yaqin sohalarda faoliyat yurituvchi kompaniyalar guruhining bosh bo‘g‘ini hisoblanadi. O‘ziga tegishli shu’ba korxonalari bilan birgalikda TBC Gruziyada yetakchi universal banklardan biri bo‘lib, bank bozorida mijozlar kreditlari bo‘yicha 39,1%, mijozlar depozitlari bo‘yicha 40,7% ni tashkil qiladi. Asosiy missiyasi odamlar hayotini osonlashtirishga qaratilgan kompaniya sifatida TBC barcha asosiy biznes yo‘nalishlarida: chakana savdo, korporativ, makro, mikro va o‘rta biznesni qamrab oladi. Kompaniya odatdagi bank xizmatlaridan tashqari sohaning dolzarb yechimlarini ham taklif qiladi.
2020 yilda TBC PLC O‘zbekistondagi faoliyatini kengaytirib, o‘zining innovatsion fintex-platformasi orqali mijozlarga xizmat ko‘rsatib, mobil ilova orqali chakana bank yechimlarini taqdim etdi.
Payme
Payme — O‘zbekistondagi yetakchi onlayn to‘lov xizmati bo‘lib, bugungi kunda mobil telefon orqali odatiy to‘lovlar va pul o‘tkazmalaridan tortib, to‘g‘ridan to‘g‘ri aviachipta xarid qilishgacha keng ko‘lamli xizmatlar to‘plamidir.
Payme auditoriyasi ayni paytda 8,8 mln kishidan ortiq, biznes hamkorlari soni esa 73 mingdan ortdi. 2019 yilning aprel oyidan Payme TBC Bank Group PLC xalqaro holdingi tarkibiga kirgan.
Reklama
Mavzuga oid
16:56 / 25.09.2023
Toshkentda yangi TBC Talks loyihasi doirasida IMD va TBC Bank kompaniyasining eksklyuziv dasturi taqdim etildi
17:00 / 09.08.2022
TBC Bank Uzbekistan qo‘shimcha $35,1 million sarmoyaga ega bo‘ldi
19:30 / 25.05.2022
MBPM va «TBC Bank» ATB «HUMO» kartalari bilan Gruziyada to‘lov qilish imkoniyatini ishga tushirish to‘g‘risida kelishuv imzoladi
16:00 / 23.11.2021