18 noyabr kuni Özbekiston Tasviriy san'at galereyasida TBC Bank Uzbekistan homiyligi ostida ötkazilayotgan TBC Ornamens nomli noyob ijtimoiy loyihasi doirasida www.tbc-ornamens.uz platformasining taqdimoti bölib ötdi. Tadbir mehmonlari – dizaynerlar, modelerlar, jurnalistlar, rejissyorlar, san'atşunoslar, tadbirkorlar va TBC Ornamens loyihasi hamkorlari nafaqat veb-saytni, balki birinçi raqamlaştirilgan naqşlarni ham körişdi.
Joriy yilning bahorida TBC Bank Uzbekistan milliy naqşlarni raqamlaştiriş va hamma foydalanişi uçun raqamli katalog yaratiş maqsadi bilan loyihaning boşlanişi haqida e'lon qildi.

Aprel oyida Toşkent – Samarqand – Urgut – Nurota – Buxoro – Ğijduvon yönalişlari böyiça özbek töqimaçiligiga bağişlangan birinçi ekspeditsiya bölib ötdi. 100 dan ortiq naqşlar suratga olindi, ular bilan ekspeditsiya a'zolari muzey va ustaxonalarda tanişib çiqişdi. Ekspeditsiyadan qaytgaç, har bir naqşni raqamli formatga ötkaziş böyiça, ularning tavsifini tayyorlaş va milliy naqşlarning töliq ma'lumotlar bazasini töplaş uçun raqamli platforma yaratiş işlari boşlandi.
Raqamli platforma taqdimotini TBC Bank Uzbekistan boşqaruv raisi Spartak Tetraşvili va TBC Bank Uzbekistan marketing böyiça direktori Kamilla Möminovalar oçib berişdi.

Spartak Tetraşvili quyidagilarni ta'kidlab ötdi: «TBC Ornamens loyihasi Gruziyada muvaffaqiyat bilan amalga oşirilgan. Özbekistonga kelib, bu mamlakat madaniyati bilan tanişar ekanmiz, bunday loyiha bu yerda ham katta imkoniyatlarga ega ekanligini angladik. Qolaversa, mahalliy dizaynerlar va tadbirkorlar hamjamiyati özbek naqşlarini eng yaxşi sifatda topişda köpinça qiyinçiliklarga duç kelişini bilib oldik. Mazkur loyiha bilan biz özbek milliy amaliy san'atining tiklanişiga öz hissamizni qöşmoqçimiz va milliy naqşlarga yangi raqamli hayot baxş etiş istagimiz bor».
TBC Ornamens loyihasining iştirokçilari va bevosita mutasaddilari Feruzxon Yakubxodjayev va Sardor Babayev loyihaning paydo böliş tarixi va birinçi ekspeditsiya taassurotlari bilan örtoqlaşdilar.















