Jahon | 09:02 / 13.03.2023
28182
3 daqiqa o‘qiladi
2023 yilgi «Oskar» mukofoti g‘oliblari e’lon qilindi
AQShda 95-Amerika kinosan’ati akademiyasi mukofotlarini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Los-Anjyelesdagi Dolby teatrida 2023 yilgi «Oskar» haykalchalari o‘z egalariga topshirildi.
G‘oliblar:
- ikkinchi plandagi eng yaxshi aktrisa: Jyeymi Li Kyortis, («Hammasi har joyda va birdan»);
- ikkinchi plandagi eng yaxshi aktyor: Ke Hyui Kuan («Hammasi har joyda va birdan»);
- Eng yaxshi animatsion film: «Pinokkio Gilermo del Toro»;
- Eng yaxshi operatorlik ishi: «G‘arbiy frontda o‘zgarish yo‘q»;
- Eng yaxshi sahnalashtiruvchi rassom: «G‘arbiy frontda o‘zgarish yo‘q»;
- Eng yaxshi kostyumlar: «Qora pantera: abadiy Vakanda»;
- Eng yaxshi grim va turmaklar: «Kit»;
- Eng yaxshi qisqa metrajli o‘yin filmi: «Irlandcha xayrlashuv»;
- Eng yaxshi qisqa metrajli animatsion film: «Bolakay, Yumronqoziq, Tulki va Ot»;
- Eng yaxshi qisqa metrajli hujjatli film: «Fillarni qarg‘ovchilar»;
- Eng yaxshi xorijiy film: «G‘arbiy frontda o‘zgarish yo‘q» (Germaniya);
- Eng yaxshi hujjatli film: «Navalniy»;
- Eng yaxshi vizual effektlar: «Avatar: suv yo‘li»
- Eng yaxshi qo‘shiq: Naatu Naatu «RRR: yonimizda inqilob kuylamoqda» (Hindiston)
- Eng yaxshi musiqa: «G‘arbiy frontda o‘zgarish yo‘q»
- Eng yaxshi rejissyor(lar): Deniyel Kvan va Deniyel Shaynert («Hammasi har joyda va birdan»);
- Eng yaxshi aktrisa: Mishel Yyeo («Hammasi har joyda va birdan»);
- Eng yaxshi aktyor: Brendan Freyzer («Kit»)
- Eng yaxshi film: «Hammasi har joyda va birdan».
Avvalroq «Navalniy» eng yaxshi hujjatli film sifatida «Oskar»ni qo‘lga kiritgani xabar berilgandi.
Los-Anjyelesdagi «Oskar»ni topshirish marosimida ishtirok etgan Yuliya Navalnaya sahnadan turib, erining ozod etilishiga umid qilishini aytdi.
Mavzuga oid
22:51 / 22.11.2024
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
21:25 / 22.11.2024
Rossiya ortidan AQSh ham yadro strategiyasini o‘zgartirdi
13:52 / 22.11.2024
AQSh O‘simliklar karantini agentligiga 205 ming dollarlik uskunalar topshirdi
21:00 / 21.11.2024