Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Avstraliya AQShdan 5 ta atom suvosti kemasini sotib olmoqchi
Avstraliya AQShdan 5 ta atom suvosti kemasini sotib olmoqchi va uzoq muddatda Vashington va London bilan birgalikda bunday suvosti kemalarining yangi avlodini qurmoqchi.
Foto: Reuters
Avstraliya AQShdan 5 ta atom suvosti kemasini sotib olmoqchi va uzoq muddatda Vashington va London bilan birgalikda bunday suvosti kemalarining yangi avlodini qurmoqchi. Avstraliya bosh vaziri Entoni Albaneze 13 mart, dushanba kuni San-Diyegoda (Kaliforniya) AQSh prezidenti Jo Bayden va Buyuk Britaniya bosh vaziri Rishi Sunak bilan uchrashdi.
Albanezening so‘zlariga ko‘ra, bu «Avstraliyaning mudofaasiga o‘z tarixidagi eng yirik sarmoyadir». Loyiha milliy iqtisodiyotni qo‘llab-quvvatlaydi va to‘g‘ridan to‘g‘ri «20 mingga yaqin ish o‘rni» yaratadi, deya qo‘shimcha qildi bosh vazir.
Bayden, o‘z navbatida, Qo‘shma Shtatlar Hindiston-Tinch okeani mintaqasida o‘nlab yillar davomida barqarorlikni kafolatlaganiga e’tibor qaratdi. Vashingtonning Avstraliya va Britaniya bilan atom suvosti kemalari bo‘yicha hamkorligi «tinchlik istiqbollarini o‘nlab yillarga uzaytiradi», deya qo‘shimcha qildi Oq uy rahbari.
Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushi va boshqa jahon inqirozlari fonida Buyuk Britaniya mudofaa xarajatlarini oshiradi. Kelgusi ikki yil ichida deyarli 5 milliard funt sterling (5,65 milliard yevro) mablag‘ qo‘shimcha ravishda harbiy ehtiyojlar uchun ajratiladi, shu jumladan yadroviy tiyib turuvchi kuchlar hamda AQSh va Avstraliya bilan harbiy blok - AUKUS uchun 3 milliard funt sterling (3,41 milliard yevro), deb xabar berdi Londondagi hukumat.
Taxminan 1,9 milliard funt sterling Ukrainaga harbiy yordam tufayli ancha qisqargan o‘q-dorilar arsenalini to‘ldirish uchun sarflanadi. «Dunyo barqarorligi pasayib, davlatlar o‘rtasidagi raqobat kuchayib borar ekan, Buyuk Britaniya o‘zini himoya qilishga tayyor bo‘lishi kerak», dedi AQShga yo‘l olgan Britaniya Bosh vaziri Rishi Sunak.
Mavzuga oid
18:50 / 20.01.2026
Avstraliyada akulalar hujumidan keyin o‘nlab plyaj yopildi
16:12 / 20.01.2026
Oltin va kumush narxi tarixiy eng yuqori ko‘rsatkichga ko‘tarildi
13:50 / 20.01.2026
Sizning JCh-2026 uchun chiptangiz: O‘zbekiston fuqarolari AQSh turist vizasini qanday olishlari mumkin?
11:33 / 20.01.2026