Jahon | 22:39 / 15.03.2023
21570
1 daqiqa o‘qiladi

Turkiyadagi zilzila lagerida 14 kishi suv toshqini qurboni bo‘ldi 

Yana bir yerto‘lada 5 kishining jasadi topilgan. 

Foto: AP

Bu haqda Turkiya ichki ishlar vaziri Sulaymon So‘ylu ma’lum qildi, deb yozdi TRT Haber. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, Shonliurfada 12 kishi, Odiyomonda yana 2 kishi halok bo‘lgan. Besh kishini qidirish ishlari davom etmoqda. 

Anadolu agentligi xabariga ko‘ra, 14 mart kuni Shonliurfada kuchli yomg‘ir yog‘gan. Viloyat ma’muriy markazining bir qator ko‘cha va xiyobonlarini suv bosgan. O‘t o‘chirish xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, Vaysul Qoroniy kvartalidagi binoning yerto‘lasidan besh kishining jasadi topilgan, ular Suriya fuqarolari bo‘lgan. 

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid