Jahon | 08:11 / 22.03.2023
9485
1 daqiqa o‘qiladi

AQSh kuzgacha Ukrainaga Abrams tanklarini yetkazib beradi

Abrams tanklarini yetkazib berish muddatini qisqartirish uchun Pentagon Ukrainaga zamonaviyroq M1A2 o‘rniga M1A1 modifikatsiyasini taqdim etishga qaror qildi.

Foto: Abrams m1a1

AQSh Ukrainaga avvaldan va’da qilingan Abrams tanklarini kuzgacha yetkazib berishni rejalashtirmoqda. Bu haqda 21 mart, seshanba kuni Pentagon matbuot kotibi Pet Rayder ma’lum qildi. Yetkazib berish muddatini qisqartirish uchun Vashington Kiyevga zamonaviyroq M1A2 o‘rniga M1A1 tankining modifikatsiyasini topshirishga qaror qildi, dedi Rayder.

M1A2 modifikatsiyasi tanklarini yetkazib berish jadvali qanday bo‘lishi haqida so‘ralganda, Rayder AQSh hukumati dastlab aniq sanalarga e’tibor qaratmaganini, Abrams'ni jo‘natishga bir yildan ko‘proq vaqt ketishini taxmin qilganini aytdi.

Yanvar oyi oxirida AQSh hukumati Ukrainaga Abrams'ning zamonaviy versiyasini, jami 31 ta tankni berishini e’lon qildi. O‘shanda ham Amerika Mudofaa vazirligi bu tanklar Amerika omborlarida yetarli emasligini va ularni Ukrainaga topshirish uchun bir necha oy kerakligini ta’kidlagan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid