Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda jazoni ijro etish muassasalari bilan hamkorlikda pilla yetishtiriladi
Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasi hamda IIV huzuridagi Jazoni ijro etish departamenti o‘rtasida memorandum imzolandi.
Memorandum doirasida jazo muddatini o‘tayotgan mahkumlarni qo‘lda ipak va jun gilam hamda ipak mato to‘qish yo‘nalishi bo‘yicha kasb-hunarga tayyorlash va ularga shartnoma asosida dastgohlar yetkazib berish rejalashtirilgan.
Pillachilik korxonalari va jazoni ijro etish koloniyalari o‘rtasida pilla yetishtirishni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda.
Davlat rahbarining joriy yil 24 fevraldagi «Ipakchilik tarmog‘ini yanada rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarorida joriy yilgi bahorgi pilla yetishtirish mavsumidan boshlab, tajriba tariqasida pillachilik klasterlari hamda Bo‘ka va Ohangaron tumanlarida joylashgan manzil-koloniya tipidagi jazoni ijro etish muassasalari o‘rtasida pilla xomashyosini yetishtirish yuzasidan shartnomalar tuzish ko‘zda tutilgan.
Mavzuga oid
19:08 / 19.12.2025
Rossiyada uch nafar o‘zbekistonlik mahkum terakt uyushtirishga tayyorgarlik ko‘rganlikda ayblandi
10:10 / 01.10.2025
Rossiyada koloniyadan qochgan O‘zbekiston fuqarosi 10 yilga ozodlikdan mahrum etildi
17:15 / 06.05.2025
“Buning gashti bor”: uyida ipak qurti boqayotgan oqbo‘yralik oila
20:57 / 26.03.2025