Ipak qurti boqiş oson iş emas. Har kuni saharda turib, daladan tut bargi teriladi. Ular vaqti bilan qurtlarga berib boriladi. Deyarli bir oy davom etadigan oğir va tinimsiz mehnatdan keyin pillalar yiğib olinadi. Bu yil ham Nozimjon Ergaşevning oilasi odatdagidek ipak qurti parvarişi bilan band.
Nozimjon Ergaşev Farğona viloyati Oltiariq tumani Oqböyra qişloğidan. Dehqon bu yil ham öz uylarini qurtlarga böşatib bergan. Ipak qurti boqiş jamoaviy iş, haşarga esa singillari yordamga kelgan. Dehqon bu yil pilla sotib 15 million söm daromad olişni közlayapti.

“Qurt baraka deyişadi eskilar. Esimni tanibmanki qurt boqqanmiz. Deyarli dalada ulğaydik. Köpçilik aytadi, nima qilasiz jonni qiynab qurt boqib deb. Ipak qurti boqiş gaştini köpçilik tuşunmaydi.
Fermer hamma şaroitni yaratib beryapti. Qurt boqqanimiz uçun yer beryapti. Har yili örtaça 250 kg pilla topşiramiz. Ötgan yili köproq 420 kg topşirdik.

Bir oy ötadi-ketadi. Lekin pillaning daromadi yaxşi böladi. Har yili qurt olaman. Tut novdasi ham pul. Tandirga işlatamiz. Singillarimga beraman. Ötindan ham qiynalmaymiz-da. Qişdan eson-omon çiqib olamiz.

Ertalab jiyanlarni olib dalaga barg kesişga ketamiz. Qolganlar qurt tagini teradi, barg soladi.
Qurt boqişda eng zavq oladigan hodisa bor. Kirib çiroqni yoqib, qaraganingizda şitir-şitir qilib bargni yeyayotganda, maza qilib yuborasiz-da qandaydir. Şu uçun ham har yili tutgim kelaveradi, xumor bölib qolganman. Bölmasa şaroit hamma yoği yetarli uyda. Lekin şitirlaganda bargni yeyayotganda maza qilib yuboraman. Dam oladi-da qandaydir miyangiz.
Tez kunlar oraliğida qurtlarimiz pilla töqişga kirişadi.


Bundan taşqari fermer qurt tutganimga yer beradi, buğdoy beradi, çorva uçun 100 ta press (somon) beradi. Uning içida yer berganda silos ekaman. Silosni sotganimça sotaman, qolgani uyimdagi çorvalarimga.














