Quyoshda o‘ta kuchli chaqnash sodir bo‘ldi
U 28 daqiqa davom etdi va qisqa to‘lqinli radioaloqasining uzilishiga olib keldi.
6 aprel kuni Quyoshda kuchli chaqnash qayd etildi, bu qisqa to‘lqinli radioaloqa buzilishiga olib keldi, deb yozdi «Izvestiya» Amaliy geofizika instituti (IPG) geliofizik xizmatiga tayanib.
M3.0 tasnifli chaqnash payshanba kuni ertalab (10:53) qayd etilgan va 28 daqiqa davom etgan.
IPG ma’lumotlariga ko‘ra, 7 aprel kuni Quyoshda eng yuqori va eng xavfli X sinfidagi chaqnashlar sodir bo‘lishi mumkin.
Quyosh chaqnashlari rentgen nurlanishining kuchiga qarab besh sinfga bo‘linadi: A, B, C, M va X.
Minimal A0.0 sinfi Yer orbitasidagi radiatsiya quvvatiga mos keladi: kvadrat metrga 10 nanovatt. Keyingi harfga o‘tishda quvvat 10 barobar ortadi. Chaqnashlar odatda quyosh plazmasining otilishi bilan birga yuz beradi, ularning bulutlari Yerga yetib kelib, magnit bo‘ronlarini qo‘zg‘atishi mumkin.
1 aprel kuni Quyosh ekvatorida sayyoramizdan 20 marta katta bo‘lgan ulkan teshik paydo bo‘lgan edi. Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, u «tumshug‘ini» to‘g‘ridan to‘g‘ri Yerga qaratgan. Teshik, o‘z navbatida, soatiga deyarli 2,9 million kilometr tezlikda Yerga qarab harakatlanadigan quyosh shamolining manbai bo‘ldi.
Quyosh shamoli oqimining Yer magnitosferasi bilan to‘qnashuvi kuchli magnit bo‘ronini keltirib chiqardi. Bugun va erta odamlar magnit bo‘ronining ta’sirini yana his qilishadi.
Bunda umumiy zaiflik, bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, uyqusizlik, ko‘ngil aynishi, qusish, shuningdek surunkali kasalliklarning kuchayishi, shuningdek, yurak muammolari: nafas qisilishi, yuqori qon bosimi va yurak urishi ham kuzatilishi mumkin.
Quyoshning o‘ta faolligi davrida yurak, qon tomirlari va asab tizimi kasalliklari bo‘lgan odamlar xavf ostida qoladi.
Mavzuga oid
01:02
Olimlar Quyoshning noyob suratlarini tasvirga oldi
16:51 / 16.11.2024
Bundan 50 yil oldin o‘zga sayyoraliklarga birinchi xabar yuborilgandi. Unda nimalar yozilgan?
20:25 / 14.11.2024
Kichik asteroid Yer bilan to‘qnashishdan atigi ikki soat oldin aniqlandi
00:32 / 25.10.2024