Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV: Ukraina rasmiylari maxfiy hujjatlar sizib chiqqanidan bezovta
Omma oldida Ukraina rasmiylari sizib chiqqan ma’lumotlar ahamiyatini pasaytirmoqda, ammo yopiq eshiklar ortida ishonchsizlik kuchayib borayotgani alomatlari bor, deya yozadi Politico.
Foto: AP
Ukraina rasmiylari AQSh razvedka xizmatlarining maxfiy hujjatlari oshkor etilishidan norozi. Ular Ukraina Qurolli kuchlari holatiga berilgan baho yoki qurol-yarog‘ yo‘qligi haqidagi ma’lumotlardan emas, balki Kiyevning kutilayotgan qarshi hujum paytida muhim hududlarni qaytarish imkoniyati haqidagi pessimizmdan norozi. Bu haqda 13 aprel, payshanba kuni Politico xabar berdi.
Unga ko‘ra, Ukraina rasmiylari ochiqchasiga ma’lumotlarning ahamiyatini kamaytirib, ular Kiyev va Vashington o‘rtasidagi munosabatlarga ta’sir qilmasligini aytishmoqda. Ukraina tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kuleba 11 aprel kuni davlat kotibi Entoni Blinken bilan telefon orqali suhbatdan so‘ng Twitter sahifasida: «AQSh tashqi ishlar vaziri AQShning qattiq qo‘llab-quvvatlashini yana bir bor tasdiqladi va Ukrainaning jang maydonida g‘alaba qozonishiga shubha uyg‘otadigan har qanday urinishlarni qat’iyan rad etdi», deb ma’lum qildi.
Shu bilan birga, yopiq eshiklar ortida ishonchsizlik kuchayib borayotgani alomatlari ham bor, deya qo‘shimcha qiladi nashr. Ukrainaning ikki yuqori martabali mulozimiga ko‘ra, hujjatlar Pentagonning yuqori bo‘g‘ini va Oq uydagi Milliy xavfsizlik kengashidagi skeptiklarning qarashlarini aks ettiradi.
Amerika razvedkasi urushning borishiga ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan 4 ta kutilmagan ssenariyni ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda 12 aprel kuni The New York Times gazetasi Pentagonning sizib chiqqan maxfiy hujjatlaridan biriga tayangan holda ma’lumot berdi.
Birinchi ssenariy - Vladimir Putinning o‘limi, ikkinchisi - Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiyning o‘limi. Uchinchi ssenariy – Rossiya armiyasi rahbariyatining o‘zgarishi, to‘rtinchisi esa «Ukrainaning Kremlga zarba berishi» ehtimolini o‘z ichiga oladi.
Hujjatda aytilishicha, bu ssenariylar urushning borishiga sezilarli ta’sir ko‘rsatishi yoki bunday bo‘lmasligi ham mumkin. Bundan tashqari, ular urushni tugatadigan tinchlik muzokaralariga ham, keskinlashuvga ham olib kelishi mumkin.
Mavzuga oid
19:07 / 08.01.2026
Britaniya va Fransiya tinchlik shartnomasidan keyin Ukrainaga 15 minggacha askar yuborishni rejalashtirmoqda
14:28 / 08.01.2026
Berlinda Mersning ukrainalik erkaklar haqidagi so‘zlariga izoh berildi
13:35 / 08.01.2026
“Veymar uchburchagi” Parijda Kiyevni qo‘llab-quvvatlash masalasini muhokama qildi
11:51 / 08.01.2026