O‘zbekiston | 19:22 / 15.04.2023
10193
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston jinoyatchilik darajasi o‘rtacha bo‘lgan davlatlar ro‘yxatiga kirdi

Mamlakatda har 100 ming aholiga o‘rtacha 33,42 ta jinoyat to‘g‘ri keladi.

O‘zbekiston dunyoda jinoyatchilik darajasi o‘rtacha bo‘lgan davlatlar ro‘yxatiga kiritildi. Bu haqda World Population Review taqdim etgan reytingda aytiladi.

O‘zbekistonda har 100 ming kishiga o‘rtacha 33,42 ta jinoyat to‘g‘ri keladi va bu ko‘rsatkich bo‘yicha 136 ta davlat ichida 99-o‘rinda qayd etilgan.

Dunyoda jinoyatchilik darajasi eng yuqori bo‘lgan davlatlar qatoriga Venesuela (har 100 ming kishiga 83 ta), Papua-Yangi Gvineya (80), Janubiy Afrika (76), Afg‘oniston (76) va Gonduras (74) kiradi. Ulardan keyingi o‘rinlarda Trinidad va Tobago, Gayana, Salvador, Braziliya va Yamayka.

Markaziy Osiyo davlatlari orasida jinoyatchilik darajasi bo‘yicha Qirg‘iziston 31-o‘rinda, Qozog‘iston 40-o‘rinda qayd etilgan. Tojikiston va Turkmaniston bo‘yicha ma’lumotlar yo‘q.

World Population Review nashri Qatar, Birlashgan Arab Amirliklari, Tayvan, Men oroli va Ummonni jinoyatchilik darajasi eng past, yashash uchun eng xavfsiz davlatlar deb topdi. Ulardan keyingi o‘rinlarda Shveytsariya, Hongkong, Yaponiya, Sloveniya va Armaniston bormoqda.