17 aprel kuni uchun ob-havo ma’lumoti e’lon qilindi
Yangi haftaning ilk kunida qanday ob-havo kutilmoqda?
«O‘zgidromet» 17 aprel, dushanba kuni kuzatiladigan ob-havo haqida ma’lumot berdi.
Toshkent shahrida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol shimoli-sharqdan 5–10 metr/soniya tezlikda esadi. Harorat kechasi +5...+7 daraja, kunduzi +11...+13 daraja bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol shimoli-sharqdan 7–12 metr/soniya tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17–22 metr/soniya gacha kuchayadi, ba’zida 25–28 metr/soniya gacha kuchayishi mumkin, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi. Harorat kechasi 0...+5 daraja, ba’zi joylarda –1...+3 daraja, kunduzi +7...+12 daraja bo‘ladi.
Buxoro, Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol shimoli-sharqdan 7–12 metr/soniya tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17–22 metr/soniyagacha kuchayadi, ba’zida 25–28 metr/soniyagacha kuchayishi mumkin, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi. Harorat kechasi +1...+6 daraja, Navoiy viloyati shimolida –1...+3 daraja, kunduzi +10...+15 daraja bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol shimoli-sharqdan 7–12 metr/soniya tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17–22 metr/soniyagacha kuchayishi mumkin, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi. Harorat kechasi +5...+10 daraja, kunduzi +10...+15 daraja bo‘ladi.
Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol shimoli-sharqdan 7–12 metr/soniya tezlikda esadi, ba’zi joylarda17–22 metr/soniyagacha kuchayishi mumkin, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi. Harorat kechasi +5...+10 daraja, kunduzi +15...+20 daraja bo‘ladi.
Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol shimoli-sharqdan 7–12 metr/soniya tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17–22 metr/soniyagacha kuchayadi, Farg‘ona viloyatida ba’zida 25–28 metr/soniyagacha kuchayishi mumkin, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi. Harorat kechasi +5...+10 daraja, kunduzi +10...+15 daraja bo‘ladi.
Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda qorga aylanadi. Shamol shimoli-sharqdan 7–12 metr/soniya tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17–22 metr/soniyagacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi +3...+8 daraja bo‘ladi.