Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Slovakiya Ukrainadan g‘alla importini to‘xtatyapti
Slovakiya Ukrainadan g‘alla va boshqa mahsulotlar importini vaqtincha to‘xtatadi. Bu haqda Bratislavadagi hukumat vakili ma’lum qildi.
Avvalroq xuddi shunday qadamlar Polsha va Vengriya rasmiylari tomonidan ham qilingan edi.
Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlarning savdo sohasidagi bir tomonlama harakatlari qabul qilinishi mumkin emas. Bu haqda 16 aprel kuni Yevrokomissiya vakili ma’lum qildi. Uning bayonoti Polsha va Vengriya mahalliy qishloq xo‘jaligi tarmoqlarini himoya qilish uchun Ukrainadan g‘alla va boshqa oziq-ovqat importini taqiqlashini e’lon qilganidan keyin e’lon qilindi.
Polsha hukumati Ukraina g‘allasi va boshqa qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini import qilishni taqiqladi, dedi hukmron «Qonun va adolat» partiyasi rahbari Yaroslav Kachinskiy 15 aprel kuni.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bu harakat Ukrainadan arzonroq mahsulotlar kirib kelishi sababli inqiroz tahdidi ostida qolgan Polsha qishloq xo‘jaligi sektorini himoya qilish uchun zarur.
«Biz Ukrainaning doimiy do‘sti va ittifoqchisi bo‘lganmiz va shunday bo‘lib qolamiz. Biz uni qo‘llab-quvvatladik va qo‘llab-quvvatlashda davom etamiz. Lekin har bir davlat, har bir hukumatning burchi o‘z fuqarolari manfaatlarini himoya qilishdir», - dedi Kachinskiy va Varshava masalani hal qilish uchun Kiyev bilan muzokaralar olib borayotganini bildirdi.
Importi man etiladigan mahsulotlarning to‘liq ro‘yxati 18 nomdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, jumladan sut, tuxum, sabzavot, go‘sht, asal va boshqa tovarlardan iborat.
Mavzuga oid
12:11 / 20.04.2026
9 may oldidan Estoniya Fitso samolyoti uchun havo hududini yopdi
15:47 / 16.03.2026
Slovakiya Rossiyaga qarshi sanksiyalar bo‘yicha blokadasini bekor qildi
12:20 / 28.02.2026
“Drujba” atrofidagi bahs: Zelenskiy Fitsoni Kiyevga taklif qildi
11:05 / 26.02.2026