O‘zbekiston | 15:06 / 20.04.2023
11209
3 daqiqa o‘qiladi

Yangilanayotgan Konstitutsiya xorijiy ekspertlar tomonidan baholandi

2023 yilning 18 aprel kuni Toshkent shahri Kongress-hollida «Konstitutsiyaviy islohotning mazmuni va mohiyati: Yangi O‘zbekiston – yangilanayotgan Konstitutsiya» mavzusidagi xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi.

Muhim xalqaro forumda AQSh, Buyuk Britaniya, Germaniya, Fransiya, Yaponiya, Koreya, Xitoy, Turkiya, Avstriya, Belgiya, Vengriya, Sloveniya, Polsha, Gurjiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston kabi mamlakatlardan yetakchi siyosatchilar, davlat arboblari, ekspertlar va olimlar ishtirok etdi. Bundan tashqari BMT, BMT TD, YeI va boshqa nufuzli xalqaro tashkilotlarning bir qator vakillari ham qatnashdi.

Xalqaro konferensiya ishida yangilangan Konstitutsiyada o‘z ifodasini topayotgan muhim o‘zgarishlar, ijtimoiy, huquqiy va dunyoviy davlat tamoyillarini rivojlantirishning, demokratik islohotlarni chuqurlashtirishning konstitutsiyaviy asoslari kabi masalalar muhokama qilindi.

Tadbirda inson huquqlari himoyasi, xususiy mulk daxlsizligini ta’minlashning konstitutsiyaviy kafolatlari bilan bog‘liq normalar ishtirokchilar muhokamasiga sabab bo‘ldi. Konstitutsiyaviy islohotlarning xususiy mulk daxlsizligi, erkin rivojlanish, sog‘lom raqobat, tadbirkorlik, mamlakatning investitsiyaviy jozibadorligi kabi ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan uchinchi sessiyada ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyoti rivojlanishining konstitutsiyaviy mexanizmlarini kuchaytirish – tadbirkorlik faoliyatining rivojlanishi, mamlakatning iqtisodiy o‘sishi va makroiqtisodiy barqarorligining eng muhim kafolati to‘g‘risidagi ma’ruzalar ko‘pchilikda qiziqish uyg‘otdi.

Bundan tashqari, sessiyada yagona iqtisodiy makonni shakllantirish, tovarlar, xizmatlar, mehnat resurslari va moliyaviy mablag‘larning erkin harakatlanishi bo‘yicha konstitutsiyaviy kafolatlarni kuchaytirish bilan bog‘liq konstitutsiyaviy yangiliklar muhokama qilindi. Konferensiya ishtirokchilari qulay va ishbilarmonlik muhiti, yerga bo‘lgan xususiy mulk huquqining konstitutsiyaviy kafolatlari masalalariga e’tibor qaratdi.

Davlat boshqaruvi tizimini modernizatsiya qilish, davlat va jamiyat qurilishi tizimida fuqarolik jamiyati institutlari, shuningdek Ommaviy axborot vositalarning rolini kuchaytirish, fuqarolik jamiyatining bazaviy asosi – fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish va mahalliy ahamiyatga ega masalalarni mustaqil ravishda hal qilishga bo‘lgan huquqlarini kengaytirish to‘g‘risidagi konstitutsiyaviy yangiliklarga alohida e’tibor qaratildi.

Konferensiyada asosiy ma’ruzachi hamda munozaralarda so‘zga chiqqan notiqlar Shuningdek, Konstitutsiyaning yangilanishi so‘ngi olti yil ichida erishilgan yutuqlarni mustahkamlashi hamda inson qadrini yuksaltirish va erkin fuqarolik jamiyatini yanada rivojlantirish orqali xalqparvar davlat barpo etish, mamlakatimizda adolat va qonun ustuvorligi tamoyillarini taraqqiyotning eng asosiy va zarur shartiga aylantirish, milliy iqtisodiyotni jadal rivojlantirish va yuqori o‘sish sur’atlarini ta’minlash, adolatli ijtimoiy siyosat yuritish, inson kapitalini rivojlantirish, ma’naviy taraqqiyotni ta’minlash va sohani yangi bosqichga olib chiqish, milliy manfaatlardan kelib chiqqan holda umumbashariy muammolarga yondashish, mamlakatimiz xavfsizligi va mudofaa salohiyatini kuchaytirish, ochiq, pragmatik va faol tashqi siyosat olib borish bo‘yicha yangi marralarni zabt etishga umid bildirildi.

Mavzuga oid