Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘istonda yangi Konstitutsiya bo‘yicha referendum sanasi belgilandi
Umumxalq referendumi 15 mart kuni o‘tkaziladi. Taklif etilayotgan konstitutsiyaviy o‘zgarishlarning asosiy yo‘nalishlari parlament rolini kuchaytirgan holda hokimiyat tarmoqlari o‘rtasida vakolatlarni qayta taqsimlash, Hukumat ustidan parlament nazorati mexanizmlarini kengaytirish, sud tizimining mustaqilligini oshirish va konstitutsiyaviy nazorat institutini rivojlantirishdan iborat.
Foto: Vladislav Vodnev
Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev yangi Konstitutsiyani qabul qilish masalasi bo‘yicha respublika referendumini 15 mart kuni o‘tkazish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.
Avvalroq, 10 fevral kuni konstitutsiyaviy komissiya To‘qayevga yangi Konstitutsiyaning yakuniy loyihasini taqdim etgan, yakuniy yig‘ilishda uni barcha partiyalar qo‘llab-quvvatlagan edi.
Taklif etilayotgan konstitutsiyaviy o‘zgarishlarning asosiy yo‘nalishlari parlament rolini kuchaytirgan holda hokimiyat tarmoqlari o‘rtasida vakolatlarni qayta taqsimlash, Hukumat ustidan parlament nazorati mexanizmlarini kengaytirish, sud tizimining mustaqilligini oshirish va konstitutsiyaviy nazorat institutini rivojlantirishdan iborat. Bundan tashqari, loyihada fuqarolarning huquq va erkinliklari kafolatlarini aniqlashtirish va kengaytirish, shuningdek, nomarkazlashtirish elementlari - mahalliy hokimiyat organlarining mustaqilligi va mas’uliyatini kuchaytirish ko‘zda tutilgan.
To‘qayev yangi Konstitutsiya qoidalari davlatning institutsional asosini o‘zgartirish jarayoni yakunlanganini va mutlaqo yangi konstitutsiyaviy modelga o‘tilganini anglatishini ta’kidlab, yangi Asosiy qonun loyihasi nafaqat dolzarb ijtimoiy qadriyatlar va davlat siyosati tamoyillarini aks ettirishini, balki Qozog‘istonni yanada progressiv rivojlantirishning uzoq muddatli asoslarini ham belgilab berishini ta’kidladi.
Avvalroq, Qozog‘istonning yangi Konstitutsiyasida rus tili maqomi haqidagi ta’rif o‘zgartirilishi haqida xabar berilgan edi.
Mavzuga oid
10:44
Qozog‘iston RFning Navalniy shtabida ishlagan ayol ekstraditsiyasi haqidagi so‘rovini qanoatlantirdi
18:01 / 10.02.2026
Qozog‘iston Starlink sun’iy yo‘ldosh internetini qo‘shni davlatlar bilan baham ko‘rmoqchi
21:27 / 09.02.2026
Qozog‘istonning yangi konstitutsiyasida rus tili to‘g‘risidagi ta’rif o‘zgartiriladi
11:53 / 06.02.2026