O‘zbekiston | 18:24 / 06.05.2023
12393
1 daqiqa o‘qiladi

Markaziy bank raisi o‘rinbosari transport vaziriga o‘rinbosar etib tayinlandi 

Foto: Transport vazirligi

O‘zbekiston transport vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlandi. Bu haqda Transport vazirligi xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, O‘zbekiston prezidentining 2023 yil 5 maydagi qarori bilan Ilhom Abdug‘afforov O‘zbekiston Respublikasi transport vazirining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. 

Ilhom Abdug‘afforov 1973 yil Toshkent shahrida tug‘ilgan. 1995 yilda Toshkent davlat universitetini, 2000 yilda O‘zR FA Kibernetika instituti aspiranturasini tamomlagan, texnika fanlar nomzodi. Mutaxassisligi - amaliy matematika.

U 2019 yildan beri O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgandi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston transport vaziri Ilhom Mahkamovning 3 nafar o‘rinbosari bor. Shu bilan birga, vazirning birinchi o‘rinbosari lavozimi shu kunga qadar vakant edi. 

Mavzuga oid