“Suv havzalarida motorli (içki yonuv dvigatelli) va elektromotorli suv transporti vositalaridan foydalaniş tartibini yanada takomillaştiriş hamda fuqarolar xavfsizligini ta’minlaş çora-tadbirlari töğrisida” Vazirlar Mahkamasi qarori qabul qilindi.
Qarorga asosan, 2025 yil 1 maydan boşlab tabiiy va sun’iy suv havzalarida faqat tezlikni avtomatik pasaytiriş uskunasi bilan jihozlangan (harakatlaniş maksimal tezligi 40 kilometr/soatdan oşmaydigan motorli qayiqlar bundan mustasno), GPS uskunasi örnatilgan hamda milliy GPS monitoring va navigatsiya tizimiga ulangan motorli va elektromotorli suv transport vositalaridan foydalanişga ruxsat etiladi.
Ta’kidlanişiça, “suv havzalarida turizm xizmatlarini rivojlantiriş, şuningdek, fuqarolar hayoti, soğliği va xavfsizligini ta’minlaş hamda suv resurslari ifloslanişining oldini oliş, ulardan oqilona foydalanişni yölga qöyiş” maqsadida şunday qarorga kelingan.
Suv transport vositalarining ruxsat etilgan harakatlaniş maksimal tezligi 40 kilometr/soat, kemalar töxtaş joylari hamda aholi turar joylari çegaralarida – 20 kilometr/soat, plyajlar va aholining ommaviy dam oliş joylari çegaralarida esa – 5 kilometr/soat etib belgilanadi.
2025 yil 1 yanvardan boşlab yuridik va jismoniy şaxslar tomonidan suv transporti vositalaridan (bundan elektromotorli suv transporti vositalari mustasno) foydalaniş natijasida atrof -muhit ifloslantirilgani uçun quyidagi miqdorda yillik kompensatsiya tölovlari undiriladi:
- motorli qayiq va gidrosikllar uçun BHMning 10 baravari;
- kater uçun BHMning 15 baravari;
- yaxtalar uçun BHMning 25 baravari.
Motorli suv transporti vositalari kompensatsiya tölanganligini tasdiqlovçi hujjat taqdim etilganidan söng yillik texnik körikdan ötkaziladi. Kompensatsiya undirişdan tuşgan mablağlar Ekologiya jamğarmasiga ötkaziladi va suv havzalari ifloslanişining oldini oliş böyiça çora-tadbirlarni moliyalaştirişga sarflanadi.
Eslatib ötamiz, 2020 yil 10 iyuldagi hukumat qarori bilan, Çorvoq suv omborida barça turdagi motorli suv transporti vositalarining harakatlanişi taqiqlangan edi. Lekin bu taqiq amalda işlamay keldi. Faqatgina 2024 yil 20 iyul kuni suv omborida skuter va katamaran töqnaşuvi röy berib, ikki kişi halok bölganidan













