Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Slovakiyada hukumat rahbari almashyapti
Lyudovit Odor 15 maydan keyin Slovakiyaning yangi hukumatini boshqaradi, dedi prezident Chaputova. Odor iste’foga chiqish niyatini e’lon qilgan bosh vazir vazifasini bajaruvchi Eduard Xeger o‘rnini egallaydi.
Slovakiyaning yangi hukumatiga Lyudovit Odor boshchilik qiladi. Bu haqda 7 may, yakshanba kuni Slovakiya prezidenti Zuzana Chaputova telemurojaatida ma’lum qildi. Slovakiya Milliy banki rahbari o‘rinbosari Odor avvalroq iste’foga chiqish niyatini e’lon qilgan hukumat rahbari vazifasini bajaruvchi Eduard Xeger o‘rnini egallaydi.
Chaputova yangi muvaqqat hukumatni 15 maydan so‘ng tayinlashini, parlament fraksiyalari bilan maslahatlashuv o‘tkazishini aytdi, deb xabar berdi Reuters. 15 maygacha Xeger o‘z lavozimida qolishi kerak. "Men Slovakiyani yangi muvaqqat hukumat bilan erkin va demokratik saylovlarga olib borishni prezidentga qoldiraman", dedi Xeger.
Slovakiyada muddatidan oldin parlament saylovlari 30 sentabr kuni bo‘lib o‘tadi.
So‘nggi kunlarda mamlakatda siyosiy inqiroz kuchaygan. Slovakiya qishloq xo‘jaligi vaziri Samuel Vlchan moliyaviy mojaro tufayli iste’foga chiqdi. Slovakiya ommaviy axborot vositalari uning oilasiga aloqador kompaniya davlatdan 1,4 million yevrodan (1,5 million dollar) ortiq miqdorda qaytarilmaydigan subsidiyalar olganini xabar qildi. Shundan so‘ng, tashqi ishlar vaziri Rastislav Kacher sabablarga aniqlik kiritmasdan, prezidentga iste’foga chiqish to‘g‘risida maktub yo‘lladi.
Dekabr oyida Xeger koalitsion hukumati ishonchsizlik votumini oldi. O‘shandan beri bosh vazir o‘z lavozimida vazirlar mahkamasi rahbari vazifasini bajaruvchi sifatida qolmoqda.
Mavzuga oid
12:11 / 20.04.2026
9 may oldidan Estoniya Fitso samolyoti uchun havo hududini yopdi
15:47 / 16.03.2026
Slovakiya Rossiyaga qarshi sanksiyalar bo‘yicha blokadasini bekor qildi
12:20 / 28.02.2026
“Drujba” atrofidagi bahs: Zelenskiy Fitsoni Kiyevga taklif qildi
11:05 / 26.02.2026