O‘zbekiston | 11:23 / 11.05.2023
11657
2 daqiqa o‘qiladi

Maktab direktori o‘rinbosarlariga qo‘shimcha vazifalar yuklatildi

Maktab direktori o‘rinbosarlariga qo‘shimcha vazifalar yuklatildi. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi,  Yoshlar ishlari agentligi va Yoshlar ittifoqi tomonidan qo‘shma qaror qabul qilindi.

Foto: Kun.uz

Unga ko‘ra, respublika bo‘yicha 200 nafargacha direktor o‘rinbosari har chorakda (bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravarigacha) Yoshlarga oid davlat siyosatini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan rag‘batlantirib boriladi.

Direktor o‘rinbosari umumiy o‘rta ta’lim maktablari direktori hamda tuman(shahar) yoshlar ishlari bo‘limi boshlig‘i lavozimlariga tavsiya etiladi.

Shuningdek, direktor o‘rinbosari lavozimiga qo‘shimcha vazifalar yuklatildi:

  • ta’lim muassasalari yoshlarining ma’naviyatini yuksaltirish va bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha Prezidentning besh muhim tashabbusi doirasida tanlov va tadbirlarni tashkil etish, to‘garaklar faoliyatini muvofiqlashtirish;
  • 4-11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida «Kamalak» va «Yoshlar ittifoqi» sardorlari faoliyati haqida targ‘ibot ishlarini olib borish;
  • mahalla yoshlar yetakchisi bilan hamkorlikda maktablarda «Yoshlar daftari»da yaratilgan imkoniyatlar to‘g‘risidagi targ‘ibot ishlarini tashkil etish.

Mavzuga oid