O‘zbekiston | 11:38 / 12.05.2023
19382
1 daqiqa o‘qiladi

XDPdan prezidentlikka nomzod ma’qullandi

Xalq demokratik partiyasidan Ulug‘bek Inoyatov nomzodi prezidentlikka nomzod sifatida partiyaning qurultoyida ko‘rib chiqish uchun ma’qullandi.

2023 yil 12 may kuni O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Markaziy Kengashining navbatdan tashqari plenumi bo‘lib o‘tdi

Plenumda 2023 yil 9 iyul kuni o‘tkazilishi belgilangan O‘zbekiston prezidenti saylovida O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasining ishtiroki to‘g‘risida masala muhokama etildi.

O‘zbekiston prezidentligiga partiya elektorati, tarafdor va faollari tomonidan tavsiya etilgan Ulug‘bek Inoyatov nomzodi partiyaning qurultoyida ko‘rib chiqish uchun ma’qullandi.

Ma’lumot uchun, Ulug‘bek Inoyatov partiyaga 2019 yildan buyon rahbarlik qilib keladi. 2021 yil oktyabridagi prezidentlik saylovlarida partiyadan Maqsuda Vorisova nomzod bo‘lgan va 6,63 foiz bilan ikkinchi o‘rinni egallagandi.

Bundan avvalroq O‘zbekiston Ekologik partiyasi o‘z rahbari Abdushukur Hamzayevni prezidentlikka nomzod sifatida ko‘rsatishni rejalashtirayotgani xabar qilingandi.

Mavzuga oid