Markaziy saylov komissiyasi 24 oktabr kuni ötkazilgan prezidentlik saylovlarining yakuniy natijalarini e'lon qildi. Unga köra, amaldagi davlat rahbari 12,9 milliondan ortiq saylovçining ovoziga (80,12 foiz) ega bölib, lavozimga qayta saylangan.

Markaziy saylov komissiyasi raisi Zayniddin Nizomxöjayevning ma'lumot berişiça, ovoz berişda iştirok etgan saylovçilar tomonidan har bir nomzodni yoqlab berilgan ovozlar soni quyidagiça:

  • Tadbirkorlar va işbilarmonlar harakati – Özbekiston Liberal-demokratik partiyasidan nomzod Şavkat Mirziyoyevga – 12 million 988 ming 964 nafar yoki ovoz berişda iştirok etgan saylovçilarning 80,12 foizi;
  • Xalq demokratik partiyasidan nomzod Maqsuda Vorisovaga – 1 million 75 ming  16 nafar yoki ovoz berişda iştirok etgan saylovçilarning 6,63 foizi;
  • «Milliy tiklaniş» demokratik partiyasidan nomzod Alişer Qodirovga – 888 ming 515 nafar yoki ovoz berişda iştirok etgan saylovçilarning 5,48 foizi;
  • Özbekiston Ekologik partiyasidan nomzod Narzullo Oblomuradovga – 670 ming 641 nafar yoki ovoz berişda iştirok etgan saylovçilarning 4,14 foizi;
  • Özbekiston «Adolat» sotsial-demokratik partiyasidan nomzod Abduhalimov Bahrom Abdurahimoviçga – 549 ming 766 nafar yoki ovoz berişda iştirok etgan saylovçilarning 3,39 foizi yoqlab ovoz bergan.

Ma'lum qilinişiça, Özbekiston böyiça saylovçilarning umumiy soni – 20 million 158 ming 907 nafar. Okrug saylov komissiyalariga 20 million 259 ming 701ta saylov byulletenlari yuborilgan. 
 
Saylovçilarning 16 million 212 ming 343 nafari saylov byulletenlarini olgan.
 
Foydalanilmagan va buzib qöyilib, bekor qilingan saylov byulletenlarining umumiy soni – 4 million 47 ming 358 tani taşkil etgan. 
 
Ovoz berişda 16 million 212 ming 343 nafar saylovçi iştirok etgan, şundan muddatidan oldin ovoz berişda iştirok etganlar 421 ming 176 nafarni taşkil etdi. 

Saylov byulletenlarining 39 ming 443tasi (0,24 foizi) haqiqiy emas deb topilgan.