Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dubayda marjon rifli dunyodagi eng katta turar joy maydoni quriladi
Loyiha mualliflari fikricha, Dubai Reefs noyob ekotizimga aylanishi kerak.
Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida yana bir futuristik obekt qurilishi rejalashtirilmoqda. Bu safar Dubai Reefs nomi bilan atalgan turar joy maydoni tom ma’noda suv ustida joylashadi.
Dastlab, milliard marjondan iborat dunyodagi eng katta sun’iy rif quriladi. Uning ustida hashamatli villalar, savdo markazlari, istirohat bog‘lari, dengiz tadqiqoti laboratoriyalari va turli xil sayyohlik obektlari bo‘ladi.


Bundan tashqari, o‘n millionlab mangrov ko‘chatlari ekiladi. Loyiha mualliflari fikricha, Dubai Reefs noyob ekotizimga aylanishi kerak.


Obektning asosiy xususiyati ekologik toza oziq-ovqat ishlab chiqarish texnologiyasi bo‘lgan regenerativ dengiz dehqonchiligi bo‘ladi. Qayd etilishicha, turar-joy maydoni Dubayni global isish va dengiz sathining ko‘tarilishidan himoya qilishning muhim elementiga aylanishi kerak.
Hudud 200 kvadrat kilometrni egallaydi. Uni 3D-print texnologiyasi yordamida qurish rejalashtirilgan.
Mavzuga oid
17:24 / 21.05.2026
Dubayga olib ketilayotgan qariyb 2 kg oltin to‘xtatib qolindi
14:13 / 04.05.2026
Dubayda ko‘chmas mulk orqali yashash uchun ruxsatnoma olishdagi minimal investitsiya miqdori bekor qilindi
19:38 / 02.05.2026
BAA havo hududini to‘liq ochganini e’lon qildi
08:40 / 31.03.2026