Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada AQSh elchixonasining sobiq xodimi hibsga olindi
Robert Shonov Vladivostokdan Moskvadagi "Lefortovo" tergov izolyatoriga ko‘chirildi. Unga “chet elliklar bilan hamkorlik qilgani” uchun sakkiz yilgacha qamoq jazosi berilishi mumkin.
"FSB" AQShning Rossiyadagi elchixonasi sobiq xodimi Robert Shonovni “xorijiy davlat bilan maxfiy hamkorlikda” aybladi. Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 275.1-moddasida nazarda tutilgan jinoyat 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. 15 may, dushanba kuni TASS agentligi tarqatgan xabarga ko‘ra, Shonov Vladivostokda qo‘lga olingan.
Gumonlanuvchi Moskvadagi "Lefortovo" tergov izolyatoriga o‘tkazildi, tergovchilar uni hibsga olish muddatini uch oyga uzaytirishni so‘ramoqda. Aftidan, Robert Shonov ishi Ukraina bilan hamkorlikda gumon qilinayotgan peterburglik rassom Daniil Krinarining ishi bilan bog‘liq. "Mediazona" xabariga ko‘ra, ularning ishlari soni bir raqamga farq qiladi, ular bir modda bo‘yicha ayblanmoqda, tergov izolyatorida saqlash muddatini uzaytirish haqidagi iltimosnomalar bir vaqtning o‘zida kelib tushgan.
275.1-modda Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksiga 2022 yil iyul oyida kiritilgan - davlatga xiyonat qilish haqidagi moddaga qo‘shimcha ravishda. Ushbu modda bo‘yicha ishda birinchi ayblanuvchi "Umumrossiya ijtimoiy birligi" so‘l jamoat tashkiloti rahbari Pavel Pishchulin bo‘ldi. U oktyabr oyida "Rossiya Federatsiyasi xavfsizligiga qarshi" faoliyatda "chet elliklar bilan hamkorlik qilish"da ayblanib hibsga olingan edi. Avvalroq Pishchulin internetda ekstremizmga chorlash va “dindorlarning tuyg‘ularini haqorat qilish”da ayblanib sudlangan.
Mavzuga oid
21:46 / 25.06.2026
Saida Mirziyoyeva AQSh savdo vakili Jyeymison Grir bilan uchrashdi
21:30 / 25.06.2026
O‘limga tik boqqan odam – vulqon lavasi ostida qolgan fotograf
21:07 / 25.06.2026
Prezident AQSh Savdo vakili bilan hamkorlikning dolzarb masalalarini muhokama qildi
09:40 / 24.06.2026