O‘zbekiston | 08:55 / 18.05.2023
4729
1 daqiqa o‘qiladi

2,5 mln iste’molchi ichimlik suvi bo‘yicha qarzdorlikka ega

4,5 mln nafar iste’molchining 56 foizida (2,5 mln) ichimlik va oqova suv xizmatlari bo‘yicha qarzdorlik mavjud. Bu haqda "O‘zsuvta’minot” axborot xizmati rahbari Akmal Murodov ma’lum qildi.

Tahlillarga ko‘ra qarzdor iste’molchilarning:

  • 2,2 mln nafari (89,1 foiz) – 1 mln so‘mgacha;
  • 244 ming nafari (9,9 foiz) – 1 mln so‘mdan 5 mln so‘mgacha;
  • 24 ming nafari (1 foiz) – 5 mln so‘mdan yuqori qarzdorlikka ega.

Olib borilgan reyd tadbirlari natijasida bugungi kunga qadar 1 055 ta ichimlik va oqova suv tizimlariga noqonuniy ulanish holatlari aniqlangan bo‘lsa, buning natijasida 3 mlrd 880 mln so‘m zarar yetkazilgan.

Aniqlangan qonunbuzarlik holatlarining 260 tasi yuridik tashkilotlar hissasiga, 795 tasi esa jismoniy shaxslar hissasiga to‘g‘ri keladi.

Mavzuga oid