Jahon | 19:57 / 27.05.2023
14775
1 daqiqa o‘qiladi

AQSh Moliya vazirligi defolt sanasini o‘zgartirdi - Reuters

Ilgari, defolt 1 iyungacha yuzaga kelishi mumkinligi aytilgan edi, ammo endi oxirgi muddat - 5 iyun.

Janet Yyellen Foto: REUTERS/Elizabeth Frantz

AQSh Moliya vazirligi davlat qarzi limitini oshirish uchun 5 iyungacha muddat belgiladi. Bu haqda Reuters yozdi.

Departament rahbari Janet Yyellen so‘zlariga ko‘ra, agar Kongress davlat qarzi chegarasini 31,4 trillion dollarga ko‘tarmasa, hukumat defoltga uchraydi.

Yyellenning ta’kidlashicha, avvallari defolt 1 iyun kuni sodir bo‘lishi mumkinligi kutilgan edi, ammo endi oxirgi muddat - 5 iyun. Agar Kongress 5 iyungacha qarz limitini ko‘tarmasa yoki to‘xtatmasa, Moliya vazirligi hukumat majburiyatlarini bajarish uchun yetarli resurslarga ega bo‘lmaydi.

2023 yil 26 may holatiga ko‘ra, xalqaro ekspertlar AQSh moliyaviy zaxiralari 9 iyun kuni tugashini bashorat qilishgan. Shunga qaramay, mutaxassislarning 80 foizi defolt bo‘lmasligiga ishonchi komil.

Mavzuga oid