Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShning Toshkentdagi elchixonasi viza yig‘imi miqdori oshirilishini ma’lum qildi
17 iyundan boshlab AQSh hukumati viza yig‘imi miqdorini oshirmoqda. Bu haqda AQShning Toshkentdagi elchixonasi matbuot xizmati xabar berdi.
Ularga ko‘ra, AQSh turistik va ishbilarmonlik vizalari (B1, B2 va BCC) hamda talaba vizasi va almashuv bo‘yicha mehmon vizalari kabi ariza talab qilmaydigan boshqa noimmigratsion vizalar narxi 160 dollardan 185 dollargacha oshiriladi.
Vaqtinchalik ishchilar (H, L, O, P, Q va R toifalari) uchun petitsiya asosidagi boshqa noimmigratsion vizalar uchun viza yig‘imlari 190 dollardan 205 dollargacha ko‘tariladi.
Davlat departamenti bayonotida noimmigratsion vizalar uchun to‘lovlar konsullik xizmatlari narxiga asoslanishi tushuntirildi.
Aksariyat vizalar uchun viza yig‘imi miqdori oxirgi marta 2012-2014 yillarda yangilangan.
Mavzuga oid
23:54 / 05.07.2026
Tramp Anqarada Zelenskiy bilan uchrashishi mumkin
12:48 / 05.07.2026
AQSh mustaqilligining 250 yilligini dabdaba va mushakbozlik bilan nishonladi (fotoreportaj)
05:49 / 05.07.2026
Putin Trampni mustaqillik bilan tabriklab, Rossiyaga taklif etdi
19:55 / 04.07.2026