O‘zbekiston | 10:43 / 31.05.2023
31906
1 daqiqa o‘qiladi

Prezident maktablari yangi o‘quv yili uchun qabul e’lon qildi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident maktablariga 2023/2024 o‘quv yili uchun hujjatlar qabuli 10 iyundan – 30 iyunga qadar onlayn shaklda ariza.piima.uz sayti orqali amalga oshiriladi.

Prezident maktablariga quyidagi hujjatlar talab etiladi:

talabgorning:

  •  tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasi;
  •  fotosurati (oxirgi 2 oyda olingan);
  • ota-onasi yoki uning o‘rnini bosuvchi shaxsning pasport ma’lumotlari va telefon raqamlari (doimiy ishlab turgan telefon raqamlari) aniq va bexato kiritilishi lozim;
  • baholar tabeli nusxasi (direktor tomonidan tasdiqlangan).
  • Talabgorning baholar tabelidagi matematika va tabiatshunoslik fanlaridan 4-sinfdagi yillik baholari «5» baho (a’lo) bo‘lishi lozim.

2023-2024 o‘quv yilida Andijon, Buxoro, Guliston, Jizzax, Qarshi, Navoiy, Namangan, Nukus, Nurafshon, Samarqand, Farg‘ona, Xiva, Termiz va Toshkent shaharlaridagi Prezident maktablariga 5-sinfga qabul qilinadi.

Mavzuga oid