Nizomga muvofiq, akademiyada oliy ta’limdan keyingi ta’lim quyidagi şakllarda amalga oşiriladi: tayanç doktorantura, doktorantura va mustaqil izlanuvçilik.
Qabul jarayonlari Yagona elektron tizim yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali amalga oşiriladi. Tayanç doktorantura va doktoranturaga hujjatlar har yili 15 sentabrdan 15 oktyabrga qadar qabul qilinadi.
Kiriş imtihonlari har yili 1 noyabrdan 25 noyabrga qadar ötkaziladi. Tanlov 100 ballik baholaş tizimi asosida ikki bosqiçda amalga oşiriladi. Birinçi bosqiçda talabgorlar mutaxassislik fanlaridan imtihon (yozma, oğzaki yoki test şaklida) topşiradi. Ikkinçi bosqiçda esa dissertatsiya rejasining mufassal loyihasini taqdim etadi.
Kiriş imtihonlari natijalari imtihonlar yakunlangandan söng akademiyaning rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.












