09:32 / 02.06.2023
7963
Reklama

Farg‘ona davlat universiteti Times Higher Education reytingidan joy oldi

Buyuk Britaniyaning nufuzli Times Higher Education - “THE” reyting agentligining bugun e’lon qilingan reytingida FarDU - 14 ta indikator bo‘yicha yuqori o‘rinlarda e’tirof etildi.

Unga ko‘ra, Times Higher Education (Impact Rankings) – dunyo universitetlarining BMT – “Barqaror rivojlanish maqsadlari”ga (SDGs) muvofiqligini baholovchi global reytingda 14 ta yo‘nalish bo‘yicha Farg‘ona davlat universiteti yuqori ko‘rsatkichlar bilan 1000+  natijani qayd etdi.

Oliygoh sifatli ta’lim bo‘yicha 43,8 ball bilan 601-800 o‘rinda e’tirof etilgani - Farg‘ona davlat universiteti jamoasi tomonidan  yoshlarni ilmu-ma’rifatli qilish, yetuk kadrlarni tayyorlashda olib borilayotgan fidokorona mehnat samarasini ko‘rsatib berdi.

Shuningdek, “University Impact Ranking-2023” natijalarida universitet ochlikka barham berish bo‘yicha 41,8 ball bilan 301-400 o‘rinda, tengsizlikni kamaytirish bo‘yicha 601-800, quruqlikdagi ekotizimlarini asrashda 401+, gender tengligi, munosib ish o‘rinlari va iqtisodiy o‘sish hamda tinchlik, adolat, samarali boshqaruv yo‘nalishida 801+ o‘rinni egallab turgani tahsinga loyiqdir.

“THE” reytingining bu kabi yo‘nalishlaridan 14 tasida yuqori natijaga erishgan universitet jamoasi yanada yangi marralarni ko‘zlamoqda va yuqori pog‘onalarni egallashni rejalashtirgan.

Top