Jahonning eng nufuzli xalqaro universitetlar reyting taşkiloti “Round University Ranking” – “RUR” tomonidan bugun e’lon qilingan natijalarga köra, Farğona davlat universiteti öqitiş indikatori böyiça TOP - 883-örinni egalladi.

Özbekiston oliygohlari içida esa 7-öringa munosib deb baholandi va Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan e’tirof etilgan uşbu reyting taşkiloti röyxatida yetakçi oliy ta’lim muassasalari safidan örin egalladi.

Ma’lumot uçun, mazkur reyting tizimi – 2010 yilda işga tuşirilgan va dunyoning 82 ta davlatida joylaşgan 1 215 ta oliy ta’lim muassasalarining 4 ta yönalişda (ta’lim, ilmiy tadqiqot, xalqaro hamkorlik, moliyaviy barqarorlik) 20 ta indikator asosida reyting baholaş tizimidir.

“Round University Ranking” – “RUR” uçun barça ma’lumotlar Tomson Reyters xalqaro kompaniyasi tomonidan taqdim etilgan. Reyting taşkiloti reytinglari 2010 yildan hozirgi kungaça bölgan davrni öz içiga oladi. Şuningdek, u manfaatdor tomonlar faoliyati töğrisida yetarli ma’lumotni taqdim etişga qaratilgan baholaş tizimi sifatida işlab çiqilgan.

Barça dastlabki ma’lumotlar (talabalar soni, akademik xodimlar va boşqalar) Thomson Reuters tomonidan Global Institutional Profiles Project (GIPP) deb nomlangan maxsus ma’lumotlar sörovi orqali taqdim etiladi. Uşbu sörov har yili bahorda ötkaziladi va butun dunyo böylab 700-800 ta oliy ta’lim muassasalarini qamrab oladi.

Yuqoridagi körsatkiçlar asosida xulosa qiliş mumkinki, bugun Farğona davlat universiteti xalqaro e’tirof etilgan taşkilotlar reytingi röyxatiga kiriş uçun jiddiy raqobatga kirişgan va dunyoning kuçli universitetlari qatoridan joy oliş uçun öz strategiyasiga ega.

Reklama huquqi asosida