Jahon | 08:06 / 05.06.2023
39223
2 daqiqa o‘qiladi

Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina hujum boshlaganini e’lon qildi

4 iyun kuni ertalab Ukraina Janubiy Donetsk yo‘nalishida besh sektorda keng ko‘lamli hujumni boshladi, deb xabar berdi Rossiya Mudofaa vazirligi 5 iyunga o‘tar kechasi. 

Foto: Libkos/AP PhotoZ/picture alliance

Ta’kidlanishicha, oldinga yo‘naltirilgan nazorat punktlaridan biri boshqaruvida Bosh shtab boshlig‘i Valeriy Gerasimov bo‘lgan. 

Mudofaa vazirligi Ukraina armiyasi o‘z maqsadlariga erisha olmaganini ma’lum qildi.

Rossiya harbiy idorasi ma’lumotlariga ko‘ra, Ukraina Qurolli kuchlari strategik zaxiradagi 23- va 31-mexanizatsiyalashgan brigadalarni jangga kiritgan, ularga boshqa harbiy qismlar va bo‘linmalar yordam bergan. 

Hujumga oltita mexanizatsiyalashgan va ikkita tank batalonlari jalb qilingan.

Ukraina qarshi hujumga tayyor, deya ma’lum qilgandi uning prezidenti Volodimir Zelenskiy The Wall Street Journal nashriga bergan intervyusida. 

Davlat rahbari bu operatsiya qancha davom etishini bilmasligini qo‘shimcha qildi. 

Bundan tashqari, Kiyev o‘z hamkorlaridan ko‘proq qurol olishni xohlaydi, deya ta’kidladi Ukraina rahbari. 

«Biz ba’zi narsalarga ega bo‘lishni xohlaymiz, lekin oylar davomida kuta olmaymiz», dedi Zelenskiy.

Mavzuga oid