Sport | 13:20 / 10.06.2023
20371
1 daqiqa o‘qiladi

Taekvondo. Ulug‘bek Rashidov - Rim Gran-prisi chempioni, Nikita Rafalovichda kumush

Italiya poytaxtida start olgan taekvondo WT bo‘yicha Gran-pri musobaqasining birinchi kuni O‘zbekiston uchun muvaffaqiyatli yakunlandi.

-68 kg vazn toifasida bahs olib borgan Ulug‘bek Rashidov oltin medalni qo‘lga kiritdi. 

Rashidov finalda vengriyalik Levente Jozsani 2:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Shu tariqa 8 yillik tanaffusdan keyin o‘zbekistonlik taekvondochilar Gran-pri musobaqasida yana oltin medalga sazovor bo‘lishdi. So‘nggi bor 2015 yili Dimitriy Shokin uddalagandi.

Shuningdek, +80 kgda Nikita Rafalovich kumush medal sohibiga aylandi. U finalda britaniyalik Kaden Kunninghemga yutqazib qo‘ydi.

Mavzuga oid