Taekvondo WT böyiça Özbekiston milliy jamoasi a’zosi Najmiddin Qosimxojiyev (-74 kg) Xitoyning Usi şahrida ötkazilgan jahon çempionatida oltin medalni qölga kiritdi. U final bahsida Olimpiya öyinlari va jahon çempionati sovrindori, braziliyalik Edival Pontesni mağlub etdi.

Özbekiston milliy jamoasi jahon çempionatini 1 ta oltin, 1 ta kumuş va 1 ta bronza medali bilan nihoyasiga yetkazib, umumjamoa hisobida beşinçi böldi. Özbekistonliklar safida Svetlana Osipova (+73 kg) kumuş medalni, Jahongir Xudoyberdiyev (-54 kg) bronza medalni qölga kiritdi.

Sönggi bor özbekistonlik sportçilar taekvondo böyiça jahon çempionatida 2015 yilda zafar quçgan edi. Rossiyaning Çelyabinsk şahrida ötkazilgan musobaqada Dmitriy Şokin (+87 kg) oltin medalni qölga kiritdi.

Usi-2025 umumjamoa hisobida Turkiya ğalaba qozondi (3 oltin + 2 kumuş + 1 bronza). Janubiy Koreya (2-2-2) ikkinçi, Braziliya (2-2-0) uçinçi böldi.