O‘zbekiston | 17:32 / 12.06.2023
15646
1 daqiqa o‘qiladi

Kuchli shamol tufayli Samarqandning ayrim hududlarida elektr ta’minotida uzilishlar kuzatilyapti

Foto: Videodan kadr

Samarqand viloyatida kuzatilayotgan kuchli shamol tufayli ayrim elektr uzatish tarmoqlari xavfsizlik nuqtayi nazaridan o‘chirildi.

Dispetcherlik xizmatining ma’lum qilishicha, kuchli shamol tufayli yuz berishi mumkin bo‘lgan talafotlarning oldini olish maqsadida soat 17:00 holatiga 6-10 kV elektr uzatish tarmog‘i bilan o‘chirilgan.

Hududda kuchli shamol esishi pasaygandan so‘ng elektr ta’minoti qayta tiklanishi aytilgan.

Mavzuga oid