Sport | 03:20 / 15.06.2023
25630
2 daqiqa o‘qiladi

Xorvatiya mezbon Niderlandiyani mag‘lub etib, Millatlar Ligasi finaliga yo‘l oldi

Foto: Reuters

Niderlandiyada Millatlar Ligasining final bosqichi boshlandi. 

Birinchi yarimfinalda mezbonlar Xorvatiya bilan to‘qnash kelib, gollarga boy bellashuvda mag‘lubiyatga uchrashdi. Asosiy vaqtda jangavor durang qayd etilgan bo‘lsa, qo‘shimcha bo‘limlarda Modrich sardorligidagi mehmonlar g‘alabani ilib ketishdi.

Ikkinchi yarimfinalda 15 iyun kuni Italiya va Ispaniya o‘zaro ro‘baro‘ keladi. G‘olib jamoa 18 iyun sanasida Xorvatiya bilan finalda, mag‘lub esa o‘sha kuni Niderlandiyaga qarshi 3-o‘rin uchun bahsda maydonga tushadi.

Millatlar Ligasi. Yarimfinal
Niderlandiya —Xorvatiya 2:4

14 iyun, «De Kuyp»
Gollar: Malen (34), Lang (90+6) — Kramarich (55, penalti), Pashalich (72), Petkovich (98), Modrich (116, penalti).
Niderlandiya – Beylo, Dumfris (Lang, 85), van Deyk, Gertryuyda, Ake (Malasia, 106), Kopmeyners, de Yong, Viffer (Veynaldum, 75), Simons (Vegorst, 64), Gakpo (de Ron, 106), Malen (Bergveyn, 75).
Xorvatiya – Livakovich, Yuranovich (Stanishich, 79), Vida, Shutalo (Petkovich, 90), Perishich, Modrich (Barishich, 119), Kovachich (Mayer, 85), Brozovich, Pashalich, Ivanushets (Vlashich, 78), Kramarich (Erlich, 90).
Ogohlantirishlar: Kovachich (17), Pashalich (24), de Yong (38), Brozovich (63), Livakovich (90+1), Kopmeyners (93), Malasia (116).

Mavzuga oid