Niderlandiya va Germaniya penaltilar seriyasida yutqazib, turnirni tark etdi, Braziliya yurişini davom ettiradi.
Foto: ReutersFoto: Reuters
2026 yilgi jahon çempionati 1/16 final bosqiçi davom etmoqda. 29 iyun kuni keçqurun va 30 iyun tongida ötkazilgan öyinlarda yana uçta juftlik taqdiri hal böldi: Braziliya sönggi daqiqalarda urilgan gol evaziga Yaponiya tösiğidan ötdi (2:1), Germaniya sensatsion ravişda Paragvayga yutqazib qöydi (1:1, penaltilar seriyasida 3:4), Marokaş esa Niderlandiya bilan öyinning sönggi daqiqalarida gol urib, öyinni penaltilar seriyasiga olib bordi va futbol lotereyasida omadliroq çiqdi (1:1, penaltilar seriyasida 2:1).
Maydon taşqarisida ham qiziqarli voqealar bölmoqda: FQB öyinlar ötkaziladigan hududlarda 400 ta dronni musodara qildi, Saudiya Arabistoni va Çexiya milliy jamoalarida ham iste’folar röy berdi, Lionel Messi va Neymar esa xayriya bilan şuğullanmoqda.
Yaponlar dramasi
Braziliya – Yaponiya 2:1
Gollar: Sano, 29 (0:1). Kazemiro, 56 (1:1). Martinelli, 90+5 (2:1)
Braziliya: Alisson, Gabriel Magalyayns, Markinos, Duglas Santos, Danilo Luis, Kazemiro (Fabinio, 90+1), Lukas Paketa (Endrik, 46), Gimarayns (Danilu Santos, 90+7), Vinisius Junior, Rayan, Kunya (Martinelli, 65)
Yaponiya: D. Sudzuki, Taniguti, X. Ito, Tomiyasu, Kamada (Tanaka, 78), Sano, Nakamura (Sugavara, 66), Doan (D. Sudzuki, 66), Maeda (Ogava, 90+7), D. Ito (Matino, 78), Ueda
Ogohlantirişlar: Kazemiro, 14. Danilo Luis, 48 – Sano, 12. Kamada, 45. D. Sudzuki, 84
Braziliya jahon çempionati 1/16 finalidayoq katta qiyinçilikka uçradi. Guruh bosqiçida Niderlandiya va Şvetsiya bilan tengma-teng öynab, Tunisni yirik hisobda mağlub etgan yaponlar pentakampeonlarga ham kuraş taklif etişdi.
Birinçi bölimdan keyin osiyolik fanatlar ğalabaga yaqin edi – ularning sevimli jamoasi nafaqat brazillar hujumlariga doş berdi, balki Kaysu Sanoning goli evaziga hisobda oldinda ham borişdi. Ammo xursandçilik uzoqqa çözilmadi: ikkinçi bölim boşlarida Karlo Ançelotti şogirdlari hisobni tenglaştirişdi – «Arsenal» himoyaçisi Gabriel Magalyayns jarima maydoni yaqinida töpni havodan darvozabon hududiga oşirdi, u yerda Kazemironi heç kim qöriqlamadi va u boş bilan darvozani işğol etdi. 90+5-daqiqada esa «Arsenal» vingeri Gabriyel Martinelli aniq zarba bilan ğalaba golini urdi, unga bu vaziyatda şu yozda «Arsenal»ga ötişi kutilayotgan Bruno Gimarayns assistentlik qildi.
Bu «selesao»ning öyindagi 19-zarbasi edi (Yaponiyada jami beşta zarba, darvoza sohasiga töğri borgan zarbalar böyiça – 7:2). Va brazillar yakunda haqli ğalabaga erişdi.
Mavzuga oid
Yaponiya esa alamli tarzda navbatdagi turnir bilan xayrlaşdi – bu kunçiqar yurt vakillari uçun noxuş seriya davom etişi böldi – «samuraylar» qatorasiga uçinçi mundialda pley-off öyinida hisobda oldinda borgan holda yakunda yutqazib qöymoqda. Bungaça 2018 yilgi turnirda Belgiya (2:3), 2022 yilgi turnirda – Xorvatiya (1:1, penaltilar seriyasida 1:3) bilan öyinlarda şunday holat kuzatilgandi.
Keyingi bosqiçda Braziliya Kot-d'Ivuar – Norvegiya juftligi ğolibiga qarşi maydonga çiqadi.
Niderlandiya va Marokaş öyinni navbati bilan hujumlar uyuştiriş orqali boşladi. Dastlabki daqiqalardanoq futbolçilar özini ham, raqibni ham ayamay öynaşdi, Yan Paul van Hekke va Ismoil Saybari örtasida muştlaşuv kelib çiqişiga oz qoldi: marokaşlik hujumçi butsasi bilan raqib himoyaçisining boşiga zarba berib yuborgandi.
Birinçi bölimning asosiy qahramonlari darvozabonlar bölişdi: Verbryuggen ham, Bunu ham bir neça bor öz mahoratini işga solib, jamoasini qutqarişiga töğri keldi.
Ikkinçi bölimda esa köpçilikni yiğlatgan ta’sirli voqea röy böldi: 72-daqiqada Krisensio Sammervill jarima maydoniga kirib bordi va yiqilayotgan holda töpni çapdan oçilgan Kodi Gakpoga yetkazişga ulgurdi. «Liverpul» forvardi qaytarib bölmas darajada kuçli zarba yöllab, hisobni oçdi.
Şundan keyin u çökkalagança yerga boşini qöydi va yiğlab yubordi.
Maydondagi va zaxira örindiğidagi jamoadoşlari uni qöllab-quvvatlaş uçun yugurib kelişdi va atrofida halqa hosil qilişdi.
Gap şundaki, hozir Gakpo va uning oilasi oğir damlarni boşdan keçirmoqda: uning turmuş örtoği Noa van der Bey bir neça kun oldin homilasi tuşib qolganini ma’lum qilgandi – juftlik oktyabr oyida ikkinçi farzandni kutayotgandi.
Futbolçi örnidan turganidan keyin ham ança vaqtgaça öziga kela olmadi va köz-yoşlarini futbolkasi bilan yaşirişga harakat qildi.
Keyin esa qöllarini yuqoriga kötardi va golini tuğilmay qolgan öğliga bağişladi.
Ammo uning goli jamoasi ğalabasini ta’minlay olmadi. Marokaşliklarni turnirni tark etişdan bir neça daqiqa ajratib turgandi, ammo qöşimça daqiqalar boşlanganida Issa Diop afrikaliklar jamoasini qutqarib qoldi va öyin qöşimça bölimlarda davom etadigan böldi.
Overtaymda futbolçilar ehtiyotkorlik bilan harakat qilişdi va ğolibni penaltilar seriyasida aniqlaydigan bölişdi. Bu seriyada futbolçilar navbati bilan xato qilişdi.
Niderlandlar safida beşinçi bölib nuqtaga yaqinlaşgan Sammervill ham xatoga yöl qöydi.
Yosin Bunu burçak tomon sakraşiga ham töğri kelmadi va oyoqda turgan holda töpni qaytardi.
Marokaşliklar safida hal qiluvçi zarbani bergan Ismoil Saybari esa sovuqqonlik bilan harakat qilib, Niderlandiyani uyga jönatdi. Marokaşning 1/8 finaldagi raqibi Kanada böladi.
Niderlandlar esa qatorasiga uçta jahon çempionatini penaltilar seriyasida yutqazgan holda tark etgan ilk jamoaga aylandi: 2014 va 2022 yilgi turnirlarda jamoa penaltilar seriyasini Argentinaga boy bergandi.
Jahon çempionatining birinçi turi Paragvay uçun AQŞdan oğir mağlubiyat (1:4) bilan yakunlangandi. Lekin janubiy amerikaliklar tezda öziga kelişdi va keyingi ikki öyinda kerakli natijaga erişib, pley-offga çiqdi.
Germaniya bu juftlikda yaqqol favorit edi. Kutilganidek, birinçi bölim Yulian Nagelsmann şogirdlarining ustunligida keçdi: ular töpga egalik qilişdi (öyinning 80 foiz vaqtida), raqib jarima maydonini qamal qilişdi, ammo tiğiz himoyaga qarşi deyarli heç narsa qila olişmadi. Paragvayning kam sonli hujumlaridan biri esa Hulio Ensiso hisobni oçişi bilan yakunlandi.
Ikkinçi bölim startida bundestim javob qaytardi: Kay Havers Florian Virs qanotdan oşirgan töpni darvozaga töğrilab qöydi. Şundan keyin ham öyin kartinasi özgarmadi – nemislar bosim qilişda, raqib çuqur himoyalanişda davom etdi.
Öyinga qöşib berilgan daqiqalarda Paragvay butunlay hujum qilişni töxtatib qöydi: futbolçilar şunçaki penaltilar seriyasini kutib vaqt ötkazişdi. Bu reja 102-daqiqada barbod bölişi mumkin edi, ammo videoassistentlar bilan maslahatlaşuvdan keyin arbitr Jonatana Taning golini bekor qildi – bu hujum vaqtida janubiy amerikaliklar darvozaboni Orlando Hilga nisbatan fol işlatilgani ma’lum böldi.
Şu tariqa, jamoalar penaltilar seriyasiga yetib borişdi, u yerda Hil Havers va Nik Voltemadening zarbalarini qaytardi va öyinni deyarli hal qildi. Uning jamoadoşlari yakuniy zarbani aniq ijro etişi kifoya edi, ammo Balbuena öyin taqdirini hal qila olmadi. Natijada yana nemislar xatosini kutişga töğri keldi va Ta yordamga keldi: u töpni darvoza tösini yuqorisidan oşirib tepdi, Xose Kanale esa aniq zarbasi bilan Germaniyani uyiga jönatdi.
Paragvay keyingi bosqiçda Fransiya – Şvetsiya juftligi ğolibiga qarşi maydonga tuşadi.
Iste’folar davom etmoqda
Guruh bosqiçi yakunlanib, pley-off start olgan – hozirça jamoalarning bir qismida bayram hukmron, boşqalarida natijalar sarhisob qilinişi boşlangan. Sabri Lyamuşi (Tunis), Hen Men Bo (Janubiy Koreya) va Stiv Klark (Şotlandiya) ortidan Çexiya milliy jamoasi boş murabbiyi Miroslav Koubek hamda Saudiya Arabistoni futbol federatsiyasi prezidenti Yosir Al-Mişal 2026 yilgi jahon çempionatining navbatdagi qurbonlariga aylanişdi.
Berilgan bayonotga köra, Koubek öz ixtiyori bilan iste’foga çiqqan, u «uçinçi tomon bosimi» haqida ham qayd etgan. U öz lavozimini Çexiya futbol assotsiatsiyasi rahbari David Trundega taklif qilgan – u bunga rozi bölgan. Miroslav boşqaruvida çexlar jamoasi A guruhida 1 oçko bilan sönggi örinni egallagandi.
Al-Mişal ham öz ixtiyori bilan iste’fo bergan – Saudiya Arabistoni N guruhida 2 oçko bilan oxirgi örinda qolişini u «jamoa ambitsiyalariga mos emas» deb topgan va uning ketişi jamoaga kelgusida rivojlanişda davom etişiga imkon berişiga umid bildirgan.
AQŞ uzra dronlar
Amerikalik politsiyaçilar jahon çempionati öyinlari ötkazilayotgan hududlarda 400 dan ortiq dronni musodara qildi, deya hisobot berdi Federal qidiruv byurosi direktori Keş Patel. Uning sözlariga köra, mazkur uçuvçisiz uçiş qurilmalari çeklovlar amalda bölgan hududlar yaqinida uçirilgan.
Federal byuro rahbari öz xodimlari yakşanba kunining özida Mayamida yettita apparatni musodara qilişgani, FIFA fan-zonalaridagi tadbirlar vaqtida ham yana şunça dron aniqlangani haqida ma’lumot bergan.
Futbolçilar xayriya bilan şuğullanmoqda
Lionel Messi nafaqat maydonda, balki undan taşqarida ham yaxşi işlarni amalga oşirmoqda. El Sumario xabariga köra, Argentina milliy jamoasi hujumçisi Venesueladagi zilziladan jabrlanganlar uçun mablağ yiğiş taşabbusiga qöşildi. 25 iyun kuni mamlakat şimolida 7,5 magnitudali zilzila sodir bölib, 1700 ga yaqin odam halok bölgan, yana bir neça ming kişi bedarak yöqolgandi.
Argentinalik futbolçi tomonidan xayriya qilingan mablağning aniq miqdori oşkor etilmagan, biroq rafiqasi Antonella Rokutssoning e’lonidan keyin bir neça million dollar yiğilgani ma’lum. Xayriya qiluvçilar orasida Lionelning qadrdon dösti, braziliyalik Neymar ham bor – u jabrlanganlar uçun 250 ming dollar yuborgan.
Navbatdagi öyinlar
1/16 final bosqiçi davom etmoqda – 30 iyun kuni keçqurun va 1 iyulga ötar keçasi quyidagi uçraşuvlar bölib ötadi: