O‘zbekiston | 09:38 / 16.06.2023
5538
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonga chet elliklar asosan qaysi transportda kelayotgani ma’lum bo‘ldi

Foto: KUN.UZ

O‘zbekistonga turistik maqsadlarda kelayotgan chet el fuqarolari asosan qaysi transport vositasida tashrif buyurishi ma’lum qilindi.

2023 yilning yanvar-may oylarida 2,6 mln nafar chet el fuqarolari turistik maqsadlarda O‘zbekistonga tashrif buyurgan.

Statistika agentligining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, shundan: 

havo transportida kelgan sayyohlar 428,4 ming kishini (16,5 foiz);
temiryo‘l orqali kelganlar – 32,8 ming kishini (1,3 foiz);
avtomobil transportida kelganlar – 18,4 ming kishini (0,7 foiz) tashkil etgan.

Sayyohlarning eng ko‘p qismi, ya’ni 2,1 mln nafari (81,5 foiz) piyoda kelgan (asosan qarindoshlarini yo‘qlash uchun kelganlar chegara postlaridan piyoda o‘tishgan).

Mavzuga oid