Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Transport xizmatlari bozor xizmatlarining 18,4 foizini tashkil etdi
2025 yil yanvar–oktyabr oylarida O‘zbekistonda transport xizmatlari hajmi 150,8 trln so‘mni tashkil etgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 13,4 foizga oshgan. Transport xizmatlarining jami ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmidagi ulushi esa 18,4 foiz bo‘lgan.
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, hududlar kesimida transport xizmatlari hajmi (trln so‘m):
- Qoraqalpog‘iston Resp. — 3,9;
- Andijon viloyati — 7,1;
- Buxoro viloyati — 6,2;
- Jizzax viloyati — 2,2;
- Qashqadaryo viloyati — 6,1;
- Navoiy viloyati — 3,1;
- Namangan viloyati — 5,3;
- Samarqand viloyati — 11,5;
- Surxondaryo viloyati — 3,1;
- Sirdaryo viloyati — 1,2;
- Toshkent viloyati — 10,9;
- Farg‘ona viloyati — 8,9;
- Xorazm viloyati — 5,0;
- Toshkent shahri — 33,7.
Ma’lumotlarga ko‘ra, hududlar orasida eng katta hajm Toshkent shahrida qayd etilgan. Keyingi o‘rinlarda Samarqand viloyati (11,5 trln so‘m) va Toshkent viloyati (10,9 trln so‘m) kelgan.
Mavzuga oid
09:31 / 16.05.2026
O‘zbekistonda ayollarga nisbatan erkaklar soni ko‘proq - statistika
22:31 / 05.05.2026
Mart oyida 2,7 mlrd kub gaz qazib olindi. Bu o‘tgan yilning mos davridagidan 30 foizga kam
21:32 / 01.05.2026
Aholi daromadlarining oshishi sekinlashdi. Poytaxt va hududlar o‘rtasidagi tafovut yanada kattalashgan
00:03 / 13.04.2026