Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda avtotransport vositalari uchun ekostikerlar joriy etila boshlandi
O‘zbekistonda 2026 yilning 1 yanvaridan ekostikerlar joriy qilish amaliyoti boshlanadi.
O‘zbekistonda ekostikerlar joriy qilish amaliyoti boshlandi. Ekologiyani yaxshilash maqsadida yo‘lga qo‘yilayotgan “Ekologik transport” tizimi asosida avtotransport vositalari ekologik darajasiga qarab yashil, sariq va qizil rangdagi ekostikerlar bilan belgilanadi.
19 dekabr kuni Fayzobod diagnostika markazida “Ekologik transport” tizimining joriy etilishi jarayoni mutasaddilar ishtirokida tushuntirib berildi.
Stiker olish uchun My.gov tizimi orqali ariza qoldiriladi. Avtoulov haqidagi ma’lumotlar tahlil qilinib, stiker fuqaroning yashash manziliga pochta orqali yuboriladi.
Davlat ekologik ekspertizasi markazi bosh direktori maslahatchisi Islom Xushvaqtovga ko‘ra, qizil va sariq stikerlarni yangilash uchun diagnostika markazlariga murojaat qilinadi:
“Ekologik stikerni olish mexanizmi ixtiyoriy bo‘lgani uchun belgilangan tartibda onlayn tarzda telefonlari orqali murojaat etiladi. Ularga pochta orqali tegishli ekologik stikerlar kelib tushadi. Fuqarolar avtomobil oynasining belgilangan joyiga yopishtiriladi. Sariq va qizil stikerli transport vositalari yashil stikerga almashtirish uchun diagnostika markazlariga tashrif buyurishadi. U yerda bepul texnik ko‘rikdan o‘tkaziladi. Agar belgilangan me’yordan kamaygan bo‘lsa yashil stiker olish huquqi beriladi”, dedi u.
“Transport vositalarining davlat raqam belgisini o‘zgartirishda, yoki texnik ko‘rikdan o‘tish jarayonida, transport vositasini sotmoqchi bo‘lganda qayta ro‘yxatdan o‘tkazishga to‘g‘ri keladi. Shunda stikerlar qayta yangilanadi, transport vositasi chiqaradigan zararli gazlar o‘lchanib stikerlar qayta rasmiylashtiriladi”, dedi YHXX axborot xizmati boshlig‘i Zoir Yo‘ldoshev.
Ushbu tizimning asosiy maqsadi avtotransport vositalaridan atmosferaga chiqadigan zararli gazlarni kamaytirish, aholi salomatligini muhofaza qilish hamda shaharlarda ekologik barqaror muhit yaratishdan iborat.
Eslatib o‘tamiz, Ekologik stikerlar ixtiyoriy ravishda, elektron murojaat asosida va to‘lovlarsiz, belgilanmagan muddatga beriladi. Bosqichma-bosqich joriy etiladigan mazkur tizim 2034 yilgacha mamlakatning barcha hududlarini qamrab olishi rejalashtirilgan.
Mavzuga oid
11:08 / 19.12.2025
O‘zbekistonda eko-stikerlar: kimlarga shart emas va qanday olinadi?
14:05 / 17.12.2025
Toshkent–Samarqand yangi temiryo‘lining texnik-iqtisodiy asoslari tayyor bo‘ldi
08:43 / 17.12.2025
Transport xizmatlari bozor xizmatlarining 18,4 foizini tashkil etdi
20:40 / 09.12.2025