O‘zbekiston | 12:13 / 17.06.2023
10395
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston prezidentining maxsus vakili Turkiya elchisi bilan uchrashdi

O‘zbekiston prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Ergashev Turkiya elchisi Olgan Bekar bilan uchrashdi.

Foto: Dunyo

Tashqi ishlar vazirligidan ma’lum qilishlaricha, suhbat chog‘ida Afg‘onistondagi bugungi vaziyat va xalqaro hamjamiyat, shuningdek, ikki davlatning Afg‘oniston yo‘nalishidagi hamkorlikni kengaytirish borasidagi sa’y-harakatlari yuzasidan atroflicha fikr almashildi.

Xususan, tomonlar afg‘on xalqiga insonparvarlik yordamini davom ettirish va terrorizmga qarshi kurash bo‘yicha sa’y-harakatlarni muvofiqlashtirish zarurligi to‘g‘risida kelishib oldilar.

Turkiya elchisi O‘zbekistonning Afg‘onistonda uzoq muddatli va barqaror tinchlik o‘rnatish, shuningdek, mamlakatni mintaqaviy integratsiya jarayonlariga jalb etishdagi muhim o‘rnini ta’kidladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid