Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent tumanida mayning qurilmalarini o‘rnatgan xonadon aniqlandi
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 185-2-moddasi (elektr, issiqlik energiyasi, gaz, vodoprovoddan foydalanish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departament, DXX va IIBning Toshkent tumani bo‘limlari tomonidan ETK xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Unda, “Iqbol” MFYda yashovchi I.U. o‘z uyida 8 ta to‘plamdagi mayning kripto-aktivlari qurilmasini va boshqa elektr jihozlarini umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulab, jami 342 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 185-2-moddasi (elektr, issiqlik energiyasi, gaz, vodoprovoddan foydalanish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
16:21 / 10.04.2026
Toshkent tumanida bog‘cha mudirasi 13 mln so‘mni o‘zlashtirishda ayblangandi. Oliy sud uni oqladi
08:52 / 10.04.2026
Toshkent tumanida yashirin dori ombori aniqlandi
11:45 / 01.04.2026
Toshkentda 4 egizak dunyoga keldi
09:22 / 18.12.2025