O‘zbekiston | 10:33 / 19.06.2023
8109
3 daqiqa o‘qiladi

65 ta bolalar oromgohi kasaba uyushmalari federatsiyasi tizimiga o‘tkazildi

Prezidentning “Bolalarning dam olishlarini tizimli tashkil etish va sog‘lomlashtirish ishlarini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar belgilanishi munosabati bilan prezidentning ayrim hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilindi.

Foto: Zomin Sunrise

Bolalar oromgohlari faoliyatini yagona tizim asosida yo‘lga qo‘yish, ularning moliyaviy holatini yaxshilash va oromgohlarga yoshlarni jalb etish qamrovini kengaytirish maqsadida 65 ta bolalar oromgohlari O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi tizimiga o‘tkazilib, boshqa tashkilotlar tizimida bo‘lgan 35 ta bolalar oromgohlarini sotish yoki faoliyat turini o‘zgartirishni taqiqlashni nazarda tutuvchi ro‘yxat tasdiqlandi, Bolalarning dam olishlarini tizimli tashkil etish va sog‘lomlashtirish masalalari bo‘yicha respublika komissiyasi tashkil etildi.

Bolalar oromgohlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning samarali faoliyat yuritishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida prezidentning ayrim hujjatlariga quyidagilarni nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda:

  • ayrim bolalar sog‘lomlashtirish oromgohlari O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi balansiga o‘tkazilganligi hamda ayrimlarini sotish yoki faoliyat turini o‘zgartirish taqiqlangani;
  • bolalarning dam olishini tashkil etish va sog‘lomlashtirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish, ularni amalga oshirish yuzasidan tizimli nazorat va monitoringni ta’minlash bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi guruh negizida Bolalarning dam olishlarini tizimli tashkil etish va sog‘lomlashtirish masalalari bo‘yicha respublika komissiyasi tashkil etilgani munosabati bilan qonunchilik hujjatlarini muvofiqlashtirish;
  • ta’til paytlarida bolalarning maroqli dam olishlari uchun qulay imkoniyatlar yaratish, ijtimoiy himoyani kuchaytirish hamda bolalar oromgohlarini moliyaviy sog‘lomlashtirish.

Soliq kodeksiga muvofiq:

  • sanatoriy-kurort, sog‘lomlashtirish xizmatlarini, shuningdek, budjet tashkilotlari tomonidan ko‘rsatiladigan jismoniy tarbiya va sportga doir xizmatlarni realizatsiya qilish bo‘yicha aylanmalarga QQS solinmaydi;
  • sport va jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish majmualari, o‘quv-mashq bazalari va bolalar-sog‘lomlashtirish oromgohlari egallagan yerlarga yer solig‘i solinmaydi;
  • notijorat tashkilotlar tomonidan notijorat faoliyatini amalga oshirish doirasida foydalaniladigan obektlar mol-mulk solig‘i bo‘yicha soliq solish obekti hisoblanmaydi.

Mavzuga oid